Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
127
Bog‘lading zulf ila ko‘nglumni, xalosin tilamon,
Berkrak chekkali shoyadki degaymenkim, yesh.
Nesh so‘l ko‘ziga yetganda gar o‘tru tutmas,
O‘ng ko‘zin ayni rizo ani demaydur darvesh.
Do‘stung dedi Navoiy o‘zini, bilmonkim,
Ne uchun bo‘ldi aning dushmani begonayu xesh.
247
Ey, ko‘ngul gulzori
vasling subhida nolanda qush,
Yo‘qki, atfoli firoqing ilgidin parkanda qush.
Qasri uzra qushmu timsol ettilar ul shahning,
Yo boshig‘a chatrdek ochti qanot farxunda qush.
Nutqi to‘ti, jilvasi tovusu raftori tazarv,
Husn gulzorida yo‘qtur bir anga monanda qush.
Nomai shavqumni chun elturga ojiz bo‘ldilar,
Yel ko‘runmas ko‘zga dam urmas bo‘lub sharmanda qush.
Qush bo‘lur, boshimg‘a qo‘ng‘ach, dudi ohimdin qora,
Ko‘r junun jazbinki, anda qo‘nsa, bo‘lg‘ay banda qush.
Faqr tut,
gar istasang uchmoqki, bu ummid ila,
Bo‘ynig‘a tasbih osib, yungdin kiyibtur janda qush.
Ey Navoiy, ishqdin qochma, boqib bulbul sari,
Ko‘rki, maxlas topmadi bu banddin parranda qush.
248
Har nechakim javru istig‘no erur jonong‘a ish,
Juz niyozu ajz ne bo‘lg‘ay meni hayrong‘a ish.
Shavkat ahli yor la’lidinki, kom etmish tama’,
Ey ko‘ngul, o‘lsam ne tong, chunkim tushubtur jong‘a ish.
Ashku ohimdin agar ko‘nglum buzulsa ne ajab,
Mulku kishvar buzmayin ne bo‘lg‘usi to‘fong‘a ish.
Hajr dashtida
quyun birla yugurmakdur ishim,
Mundin o‘zga bo‘lmag‘ay majnuni sargardong‘a ish.
Bodano‘shum tavba tarkidinki, qildi tarki hush,
Ey ko‘ngul, tushti yana men zori besomong‘a ish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: