Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
133
Tanim to rishtai zulfung xayoli birla chirmashdi,
Biaynih rishtai zulfungg‘a chirmashqan xayol o‘lmish.
Qoshing hajrida tishlar birlakim jismimni naqsh ettim,
Nazzora aylakim har paykari mushkin hilol o‘lmish.
Ko‘ngul bog‘ida ohim o‘qlari qadding firoqidin,
Bari g‘am bergali har qaysi bir ra’no nihol o‘lmish.
Fano ko‘yiga kirkim,
jam bila jomi jahonbindur,
Gadokim, jom anga bu dayr aro sing‘an safol o‘lmish.
Sen uyqu ichrasen, xurshid avji davlating tushdur,
Ham ushbu tushda ul xurshidqa doim zavol o‘lmish.
Yuzung ko‘rgach Navoiy ko‘ngli ozdi, zulfdin band et
Kim, ul majnun bahori vaslidin oshuftahol o‘lmish.
259
Husni devoni uza matla’dur ul payvasta qosh,
Kotibi taqdir aning misra’larin yozg‘an tutosh.
Jolai
ofat kebi ul oy bahori husnida,
Charx anjum javharidin yog‘durur boshimg‘a tosh.
O‘tlug‘ ohimdin bo‘g‘uz og‘zimg‘acha majruh erur,
Ayb qilma, ey ko‘ngul, nolamda fahm o‘lsa xarosh.
To sirishkim qong‘a evruldi dame tinmay oqar,
Muztarib bo‘lmoq ajab yo‘q, bo‘lsa xun oluda yosh.
Yoshurun erdi g‘amim, mufrit qadah o‘tkan kecha
Yig‘latib, beixtiyor etkan emish el ichra fosh.
Xilvat etkan
ixtiyor ilgida bir ibriqi may,
Tong emas gar qilsa bir bodom ila har kun maosh,
Ey Navoiy, keldi yoru bordi ko‘nglungni olib,
Yana bir qatla kelib, joningni dog‘i olsa kosh.
260
Yozuqsiz, jurmsnz bedod etar fosh
Manga ul surmasiz ko‘z, vo‘smasiz qosh.
Fig‘onkim, bu taraf boqmay o‘tarsen,
Nechakim, ko‘zlarim yummay to‘kar yosh.
Sirishkim
sayli har yon uyla surdi
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: