Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Ki, topmon ko‘ksuma urmoq uchun tosh. 
Iliging o‘pkali ochmish og‘izlar,
Qilichingdin sarosar zaxmlig‘ bosh. 
Hamono qolmas o‘z holida rangi,
Sizarda suratnngni ko‘fsa naqqosh. 
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh. 
Demish: kelsam Navoiy qatlin aylay,
Kelib, ne ko‘ngli istar, aylagay kosh. 
261
Pariyzodeki, mushkin zulfi jonim mustamand etmish,
Maloyik qushlari ul halqa mo‘lar birla band etmish. 
Samandingkim, yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardun
Anga bizni samandarvash, munga gardi samand etmish. 
Chekarga ishq otashgohig‘a devona ko‘nglumni, 
Qazo har bir sharar torini bir o‘tluq kamand etmish. 
Vafog‘a telbalikdin nopisand o‘lsam, ani ko‘rkim,
Jafog‘a kimni mencha ul pariy paykar pisand etmish. 
Mayi ravshan tut, ey soqiyki, ko‘nglum tiyra qilmish shayx,
Damu afsun bila baskim, anga izhori pand etmish. 
Labingda no‘shu zahri hajr og‘zimda tong ermas, gar
Menga har zaharxand o‘lg‘anda ul bir no‘shxand etmish. 
Labi la’lin malohat xoli birla bahravar qilg‘an,
Mening jonimni dag‘i ishq birla bahramand etmish. 
Biravkim, sarvdek ozodavash bo‘ldi bu bog‘ ichra,
Qazo dehqoni ham sarsabz ani, ham sarbaland etmish. 
Navoiy, kech visol ummididinkim, haq seni behad
Zalilu zoru yoringni azizu arjumand etmish. 
262
Sahob ermaski, kukrab tog‘ uza har sari aylanmish
Ki, dudi ohu afg‘onim falak toqig‘a chirmanmish. 
Aning ilgidadur ko‘nglumki, andin ayrila olmas,
Tamom ul qush masallikkim, kishi ilgiga o‘rganmish. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Kecha uyqu birovda bo‘lmasa ne tongki, ko‘yungda
To‘shanmish xorni ostidayu xoroni yastanmish. 
Choqilg‘ach lam’ai husnung, manga qolmas asar boqiy,
Birovga ne asar qolg‘ayki, barq o‘tig‘a o‘rtanmish. 
Raqibing ham, iting ham ko‘pglumga ko‘yungda dushmandur
Ki, tunlar to sahargah tortmish afg‘onu kungranmish. 
Jahon ahlig‘a gar uyqu harom o‘lsa ajab ermas
Ki, noz uyqusidin ul kofiri bebok uyg‘anmish. 
Meni oshuftani ul turradin qilmoq xalos o‘lmas 
Ki, jonim rishtasi birla aning har tori to‘lg‘anmish. 
Zamong‘a bovujudi bevafolig‘ ta’n qilmangkim,
Zamona ahlidin rasmi vafo bobinda saylanmish. 
Manga zuhdi riyoi xirqasidin ul palos ortuq 
Ki, yuz qatla fano dayrida may loyig‘a bulg‘anmish. 
Xusho mug‘ dayrikim, bir damda aylar muflisu rasvo
Biravkim, umrlar ham molu ham nomus qozg‘anmish. 
Navoiy zuhd xarfin tavba qilsa, ey riyo ahli,
Anga kelmas o‘lum, bir harzani gar aytmish-tonmish. 
263
Dardi ko‘p uryon tanimg‘a yuz tuman dog‘ o‘lmamish,
Toki har bir dardig‘a bir dog‘ etar chog‘ o‘lmamish. 
To ko‘zung oyini usruklukduru bemorlig‘,
Za’flig‘ sarmast ko‘nglum lahzae sog‘ o‘lmamish. 
G‘am tuni ul oydin ayru aylamish anjum xirosh,
Har taraf ko‘ksumni go‘yo ranja tirnog‘ o‘lmamish. 
Poya ishq ahlig‘a olidur, yo‘q ersa xalqdin,
Qochqali Farhodning manzilgahi tog‘ o‘lmamish. 
Foniy o‘lkim, dayr piri jur’asidin bahravar
Bo‘lmamish, har kimki bu dayr ichra tufrog‘ o‘lmamish. 
Ne asar qilg‘ay ko‘rub qonlig‘ tanim uzra tugan,
Senki hargiz may tomib, gulgun to‘nung dog‘ o‘lmamish. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin