Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
Ul pariy ishqin demang yoshurki, ul taklifdin
Telbalik uzri bila bo‘ldum, meni uryon xalos.
Uyla muhlikdur g‘ami hijronki, gar vasl o‘lmasa,
Yo o‘lum andin kishi bo‘lmoq emas imkon xalos.
Jon berib, dushvorlig‘lar birla davron ahlidin,
Kimki maxlas topti, bo‘lg‘an bil ani oson xalos.
Ul pariy shaydolaridin, ey Navoiy, istaram
Uylakim, hush ahlidin majnuni sargardon xalos.
275
Ey, sening dardu g‘aming jonima xos
Kim, alardin tilamon jonni xalos.
Meni hijron evazi aylar, aning
Ishqi har kimga raqam sursa qasos.
Mehmon bo‘lmaq emish jon uyida
Yorkim, ko‘nglum o‘lubtur raqqos.
Meni ishq etti zabunu ojiz,
Bu emish dardu muhabbatqa xavos.
Xating ul Xizriki, terlasa yuzung,
Obi hayvon aro bo‘lg‘ay g‘avvos.
Do‘st ko‘yida gadolar bilgil,
Bo‘lsa xarrozu gar xud xavvos.
Ey Navoiy, tilar ersang maxlas,
Ishq ko‘yida shior et ixlos.
Dostları ilə paylaş: