Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
143
Dayr piridin yetar yuz fayzu bir yo‘q shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz.
Ey Navoiy, mug‘tanamdur piri dayru mug‘bacha
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz.
279
Ey, latofatda sanga lolayu nasrin oraz,
Bizga aning g‘amidin qon bila rangin oraz.
Meni ul ko‘yida bexud ko‘rub el der: o‘lmish
Qo‘yubon ollida tufroqqa miskin oraz.
Naylayin ul qaddu oraz g‘amidin bog‘nikim,
Anda yo‘q sarv sifat qaddu gul oyin oraz.
Har pariy tavrida ul orazu lab o‘lturadur
Kim, base tuzluq erur ul labu shirin oraz.
Yangi gulbarglari hoshiyasidin bo‘lmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz.
Demakim, bog‘da yeldin to‘kulubtur gulkim,
Xo‘blar qo‘ydi ul oy yo‘lida chandin oraz.
Chu Navoiy ko‘rubon yor yuzin, jon berdi,
G‘amza ta’riz etibon ayladi tahsin oraz.
Dostları ilə paylaş: