Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
146
Ne yori
vafodor mulohiz ekan oxir
Kim, bo‘lmadi ul sho‘xi jafokor mulohiz.
Faryodki, ishqim marazi bo‘ldi fuzunroq,
Har nechaki, bo‘ldum meni bemor mulohiz.
May berki, qazo topmog‘usi aql ila tag‘‘yir,
Har nechaki bo‘lsa xirad osor mulohiz.
Ko‘ngliga Navoiyning urar ishq nihon o‘q,
Naylab bo‘la olg‘ay bu dilafkor mulohiz.
285
Ey, labing zohir etib shirin lafz,
Xoh yolg‘on desun ar xud chin lafz.
Chinu yolg‘onn
aning shirindur,
Gar desa bir dam aro chandin lafz.
Otashin la’ling erur bas rangin,
Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz!
La’li alfozi meni tirguzdi,
Qaysi bir deb, ne qilay ta’in lafz.
Qahru
lutfung bori jonbaxshdurur,
Buyla kim ko‘rdi hayotoyin lafz.
Anglamon g‘oyati ma’ni so‘zinga,
G‘oyatash aylagamen tahsin lafz.
Qil, Navoiy, so‘z aro ma’ni qasd,
Istama uylaki suratbin lafz.
286
Ul pariy tarkida aqlim dedi yolg‘on alfoz,
Ne ajab, aytsa devona parishon alfoz.
Ahli ishq ollida ne lafz degay mustahsan,
Ne degay ahli xirad ollida nodon alfoz.
Hur husnini qiziqroq dedi ul yuzdin shayx,
Surmagay buyla sovug‘luq bila inson alfoz.
Sirri ishqimdin
el ollida biror lafz dedim,
Bu emish qilg‘uchi qoyilni pushaymon alfoz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
147
Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar bo‘ldi Masih,
Yo‘q esa buyla asar birla ne imkon alfoz.
Bir-iki lafz dedim ishqidin — o‘lturdi meni,
Magar emdi degamen hashrda qolg‘an alfoz.
Ul pariy kulmak uchun, ko‘rki, Navoiy g‘amidin,
Fosh etar ahli junundek chekib afg‘on, alfoz.
257
So‘z adosindadur
ul koni malohat laffoz,
Uylakim vasfi aro ahli balog‘at laffoz.
Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida ko‘p,
Yo‘q ajab, chunki bo‘lur ahli risolat laffoz.
Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin,
Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz.
Vasfi har lafzida yig‘latdi ko‘ngul
dard ahlin,
Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz.
Ko‘ngul ollida g‘amin qilma talaffuz, tilkim,
Yetkurur ahli maoniyga malolat laffoz.
So‘zda ma’ni bila ko‘p lafzg‘a mayl aylamakim,
Zohir oroyishini ayladi odat laffoz.
Lafz zebida Navoiyga berur ma’ni yuz,
Qayda ma’nida topar muncha mahorat laffoz.
Dostları ilə paylaş: