Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
154
Kim, suubatda bular andoq emas erdi qotig‘.
Ashk aro o‘ldum, yig‘ishtur emdi zulfung shastini
Kim, su uzra kelgusi daryo aro o‘lgan bolig‘.
Qatra-qatra qon yoshimdin chehram o‘lmish uylakim,
Tim-tim etgaylar qizil kog‘aznikim, bo‘lg‘ay sorig‘.
Yuzda hajringdinki tirnog‘ o‘rni xatlar bo‘ldi qon,
Har biriga ashkdin su ochibon qildim orig‘.
Olg‘ali
dunyo arusin, eyki, sotting naqdi din,
Umr sotib, marg olmoq angla, bu sotig‘-olig‘.
Istaram, la’lig‘a qilg‘aymen
chuchuk jonim fido,
Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah ochig‘.
301
Pariyni kim desa ul mehri xovari yanglig‘,
Erur nachukki, degay devni pariy yanglig‘.
Boshimki, hajr yo‘lida falakdek aylandi,
Ko‘zum yoshi erur ul charx axtari yanglig‘.
Firoq shu’lasida pora-pora ko‘nglum erur,
Demay kabobkim, ul o‘tning axgari yanglig‘.
Ko‘zung fusungar, aning o‘ti otashin la’ling,
Labingda xol aning o‘t uzra anbari yanglig‘.
Junun
eli shahimen, tog‘ avji taxtimdek,
Qush oshiyonlari boshimning afsari yanglig‘.
G‘animat angla vafo bulbulungg‘a, ey gulkim,
Xazon yeli yetishur hajr sarsari yanglig‘.
Navoiy, o‘zga shahu o‘zga
kishvar etma havas
Ki, topmagung shahi G‘oziy bila Hiri yanglig‘.
302
Muddai, chun daming ermastur issig‘,
Qilma sovug‘lug‘u hamgomani yig‘.
O‘xshar axloqinga husnungki, erur,
Yaxshiliq lozimasi yaxshi qilig‘.
Tutti gar dashtni Layli, ne ajab,
Kishvari husnung aro tutti qirig‘.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
Zaxmlar uzra magar qo‘yg‘ali dog‘,
Xanjaring ko‘nglum aro bo‘ldi qizig‘.
Husnunga o‘xshadi jonbaxsh so‘zung,
Kimki bor o‘zi silig‘, so‘zi silig‘.
Pardadarlig‘ chu erur zohid ishi,
Xirqa uzra ne osig‘ muncha sirig‘.
Ko‘yidin qovsa, Navoiy, seni yor,
Ohu ashking bila chig‘ issig‘-ilig‘.
Dostları ilə paylaş: