www.ziyouz.com kutubxonasi
164
Manga otmas ul sho‘xi novakfikan o‘q.
Boshoqdin yog‘ar obi hayvon ulusqa,
Chu yog‘dursa ul qotili safshikan o‘q.
Ko‘p o‘q otmakim, gul yuzung furqatida
Erur xasta ko‘nglumga har bir tikan o‘q.
Qoshingdin tushub men yiroq, yodin o‘qdek,
Manga za’fdin bo‘ldi go‘yo badan o‘q.
Qadah qalqonin istakim, charx o‘qidin,
Base yog‘durur charxi bedodfan o‘q.
Navoiyu gulshanki bir guldin ayru,
Manga basdurur kunji baytul-hazan-o‘q.
321
Seningdek pariy xayli odamda yo‘q,
Demay xayli odamki, olamda yo‘q.
Parishon chu zulfung xamin qildi yel,
Parishon ko‘ngul yo‘qki, har xamda yo‘q.
Bu lazzatki, zaxmingda topti ko‘ngul,
Yaqin bildikim, hech marhamda yo‘q.
Daming xijlatidin nachuk qochmasun,
Bu dam chunki Isoi Maryamda yo‘q.
Ko‘zung qatlidin dahr eli qolmadi,
Agar qoldi, bu yo‘qki, motamda yo‘q.
G‘amingdnn manga ancha ayshu tarab
Ki, yuz xotiri shodu xurramda yo‘q.
Mug‘anniy, Navoiy fig‘onin eshit
Ki, sozing aro zer ila bamda yo‘q.
KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «FAVOYID»DIN
322
Vafo tariqida ulkim tilarki, qilsa suluk,
Kerakki, tutsa vafo ahli shevasin masluk.
Bu sheva mumkin emas, negakim, vafo yo‘qtur
Ulusqa yaxshi-yomon bilu gar gadoyu muluk.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
165
Zamona ahli vafo tarkin aylamish demangiz
Ki, bu zamonda yo‘q amri vafo kebi matruk.
Firoq shomiki, kiydi qora, yoyib sochin,
Jahonda tutti hamono vafo azosig‘a suk.
Falak vafog‘a azo tutqan o‘lsa ahli vafo,
Tirik netib yurugaylar jamoati mafluk.
Ketur qadahki, vafo lofini malak ursa,
Mening qoshimda shak ermaskim ul erur mashkuk.
Navoiy anglaki, bobi vafo yozilmaydur,
Agar Fususdurur, gar Nususu yo‘qsa Fikuk.
323
Vasli iqbolin manga tekmas tamanno aylamak,
Basdurur umrumda bir husnin tamosho aylamak.
Xat labingdin jon fizo, ul xat labingdin ruh baxsh,
Istamon afsonai Xizru Masiho aylamak,
Berma ul qomatqa har yon jilva, elning joni bor,
Vah, nedur ham dam qiyomat oshkoro aylamak.
Bo‘lmag‘on bo‘lsa ayon qasrig‘a pinhon borganim,
Ne edi ko‘yida itlar kecha g‘avg‘o aylamak.
Bir pariy ishqi meni bu nav’ shaydo qilmasa,
Bo‘lmas o‘zni oshiqu devona amdo aylamak.
Jon berib zulmin chu topmon jon toparg‘a vaslini,
Bas tamannoni maholidur tamanno aylamak.
Zuhddin badhol edim, xushvaqt o‘ling, ey ishq dami,
Sizga yetgay elni mundoq mastu rasvo aylamak.
Olam ahlidin tavaqqu’ aylamak ahdu vafo,
Zahrdin hayvon suyi bo‘lg‘ay tavallo aylamak.
324
Ko‘zda yoshim evrulur sargashta Majnun yoshidek,
Aylanur boshim dog‘i qon ichra har dam boshidek.
Qo‘rqaramkim, tashlag‘ay ul sho‘x ko‘yidin yiroq
Kim, boshim aylandurur davron faloxun toshidek.
Bir-biri ichraki yolar ko‘rguzur qavsi quzah,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |