Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
177
Gar qaytmasa Navoiy o‘lturkim,
Dayr eshiki chor cho‘bidur doring.
346
Qaysi anduh o‘tikim, kuygan tanimg‘a urmading,
Ne balo toshiki, sing‘an boshima yog‘durmading.
Ne yomon umr erdikim, kelding chu za’fim so‘rg‘ali,
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading.
Jon kebi kelding va lekin iztirobidin ko‘ngul,
O‘lturushquncha dog‘i boshim uza o‘lturmading.
Har sari mo‘yum
zaboni hol ila yolbordilar,
Mo‘-bamo‘ anglab o‘zungni, bizga ham kelturmading.
Chunki chiqting — chiqti jonim, ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jonimg‘a davo yetkurmading.
Bog‘ aro, ey sarv, ham sarsabzsen,
ham sarfaroz
Kim, nechukkim, nastaran bir xasqa bosh indurmading.
Ey Navoiy, qilmading xoli ko‘ngulni g‘ussadin,
To qadahni uylakim ko‘nglung tilar to‘ldurmading.
347
Yo qoshingg‘a qatl uchun ziynat farovon aylading
Kim, ham etting lojuvardi, ham zarafshon aylading.
Buyla ikki yo uchun soz aylabon kirpikdin o‘q,
G‘amzalar neshidin ul o‘qlarg‘a paykon aylading.
Naqdi sabrim g‘unchadek og‘zingda qilg‘andek nihon,
Xurdai ishqingni ko‘nglum ichra pinhon aylading.
Olloh-olloh,
to ne fikr ettingki, la’lu g‘amzadin,
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading.
Gul to‘kuldi, sarv ham yeldin taharruk qilmadi,
Bog‘ aro to yuz ochib, qadni xiromon aylading.
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski, bulbul ko‘nglini g‘unchang kebi qon aylading.
Ey Navoiy,
yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Ko‘yida o‘tgan kecha haddin ko‘p afg‘on aylading.
Dostları ilə paylaş: