Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
Chun Navoiy o‘ldi g‘amdin, ey sitamgarlar, ne sud,
Joni zorim yo‘qsa, jismi notavonimni tilang. 
352
Qilmadi vasl ichra bedod uzra bedoding sening,
Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sennng. 
Qaysi sohirkim dedikim, Somiriy shogirdimen,
Dedi g‘amzangkim, erur shogirdim ustoding sening, 
Angla Shirinikim, ne sen ma’shuqluqda oncha sen,
Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening. 
Soya ermas, bog‘bonkim, gulruxum qaddin ko‘rub,
Ozibon hushi, yiqilmish sarvi ozoding sening. 
Uyqug‘a itlar uni gar moni’ erdi, ey ko‘ngul, 
Emdi qo‘ymas uyqug‘a itlarni faryoding sening. 
Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim,
Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening. 
Ey Navoiy, mehnatu g‘amdin qochar bo‘lsang, kerak
Bo‘lsa maylig‘ tang, su qursi gazak zoding sening. 
353
Shomi hajrim ko‘rdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va’dai sham’i visol etting, vale yorutmading. 
Va’dai vasling ilig bergay deb ashkim bo‘ldi bahr,
Chunkim ul daryo aro g‘arq o‘ldum — ilgim tutmading. 
Vasl no‘shidin ko‘ngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zahri biymidin yuz qatla to qo‘rqutmading. 
Otashin gul g‘unchasidek o‘rtading ko‘nglumni, lek
Ochibon ani nasimi vasldin, sovutmading. 
Donai ashkimgakim rom o‘ldi hijron qushlari,
Ey ko‘ngul, bir kun fig‘oningdin ani urkutmading. 
Xasta ko‘nglumkim, g‘amu xunoba qilding qismati,
Bu g‘izoyu sharbat ul bemordin o‘ksutmading. 
Vodai vaslin g‘animat tut, Navoiy, zinhor 
Kim, ne qonlarkim, bu gulgun suni istab, yutmading. 
354


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
Yana ishq o‘tin xasta jonimg‘a urdung,
Balo barqini xonumonimg‘a urdung. 
Fano shu’lasin zor ko‘nglumga solding,
Sharorin tani notavonimg‘a urdung. 
Qizil hoshiya diklayingda emaskim,
Etak qatl etar chog‘da qonimg‘a urdung. 
Fatila edi anda paykoni marham,
Qayu o‘qki, zaxmi nihonimg‘a urdung. 
Yana yonima yetti filhol rohat,
Agar tig‘i bedod yonimg‘a urdung. 
Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,
Ajab jolalar bo‘stonimg‘a urdung. 
Ko‘rub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,
Magar g‘am tuni ostonimg‘a urdung. 
355
Jon olurda jism zor erkanni bilmasmu eding!
Qon to‘karda jon figor erkanni bilmasmu eding! 
Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim
Sensizin beixtiyor erkanin bilmasmu ednng! 
Qilding el mehrin sanad qatlimga, yo‘qsa jon aro,
Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding! 
Tuhmati bemehrlig‘ qildingki, bilgach o‘lgamen,
Yo‘qsa, mehring jong‘a yor erkanin bilmasmu eding! 
Vaslinga yetkurmagan zulm erdi, vah, yo‘qsa ko‘ngul
Furqatingdin beqaror erkanni bilmasmu eding! 
Oshiq o‘ldung, ey ko‘ngul, qilma fig‘on bedodidin,
Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding! 
Ey Navoiy, gar ko‘ngul ishqingni yoydi, tong emas,
Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding! 
356
Nigor erkin bukim, barmog‘laringdin oshkor etting,
Vayo oq kilklarni zeb uchun naqshu nigor etting. 
Yuzungda xol g‘avg‘osi aro gulguna zebidin,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin