Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon sajda qilgan vaqtida kiyimi xotiniga tegib ketsa, namozi



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

19-bob. Namozxon sajda qilgan vaqtida kiyimi xotiniga tegib ketsa, namozi 
buziladirmi? 
Maymuna onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
erdilar, men ersam hayz holimda u kishining ro‘paralarida o‘tirgan erdim, sajda 
qilganlarida ba’zan kiyimlari menga tegib ketar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam xumra (xurmo bargidan to‘qilgan joynamoz) ustida namoz o‘qir erdilar». 
20-bob. Bo‘yra ustida namoz o‘qimoq hukmi 
Jobir va Abu Sa’id kemada tik turib namoz o‘qidilar. Hasan Basriy: «Kemada 
ketayotganingda sheriklaringga malol kelmasa, tikka turib namoz o‘qiyverasan va kema 
birlan birga aylanavyorasan (qibla qayoqda, deb o‘tirmaysan). Agar sheriklaringga malol 
kelsa, o‘tirib, o‘qiysan»,— deganlar. 
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Buvim Mulayka taom tayyorlab Rasulullohni chaqirdilar. 
Janob Rasululloh taomdan yedilar, so‘ng: «Turingiz, namoz o‘qiymiz, men imomlik 
qilurmen»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo‘yraga suv sochdim 
(tozalamak uchun). So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘yra ustiga 
chiqdilar. Men birlan bir yetim bola orqalarida turdik. Buvim ersalar bizning orqamizda 
turdilar. Janob Rasululloh ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng namozni tugatib turdilar». 
21-bob. Xumra ustida namoz o‘qimoq 
Maymuna onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumrada namoz o‘qir 
erdilar»,— deb aytganlar. 
22-bob. O’rin-to‘shak ustida namoz o‘qimoqning hukmi 
Anas raziyallohu anhu o‘rin-to‘shak ustida namoz o‘qidilar. Anas: «Rasululloh sallalloho‘ 
alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz kiyimimiz ustida 
namoz o‘qir erdik»,— deydilar. 
Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralarida 
yotar erdim, oyoqlarim ersa u kishining qibla tomonlariga uzatiq erdi, sajda qilgan 
vaqtlarida turtar erdilar, men oyoqlarimni yig‘ishtirib olar erdim. Qomatlarini 
rostlaganlarida yana uzatar erdim. O’sha vaqtlarda uylar chiroqsiz bo‘lur erdi». 
Urva raziyallohu anhu aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ayollarining ko‘rpasida namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa Rasululloh birlan qibla 
o‘rtasida janozada tobut qo‘yilgandek uzanib yotar erdilar». 
Arrok raziyallohu anhu menga Urva bunday degandi, deydilar: «Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa (ikkalalari yotadigan) 
ko‘rpa ustida Rasululloh birlan qibla o‘rtasida ko‘ndalang bo‘lib yotar erdilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin