Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

23-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq 
Hasan Basriy aytib berganlar: «Sahobalar sajdaga bosh qo‘yadirgan joyning nihoyatda 
issiqlig‘idan qo‘llarini kiyimlarining yengidan chiqarmay, salla va qalansuvalarini 
oldilariga qo‘yib, ustiga sajda qilur erdilar». 
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz sajdagohning qattiq issiqlig‘idan kiyimimizning 
bir chetiga (etagi yoki yengini tortib qo‘yib) sajdaga bosh qo‘yar erdik».
24-bob. Poyabzalda namoz o‘qimoq hukmi 
Sa’id ibn Yazid aytib berganlar: «Anas ibn Molikdan Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam poyabzal kiyib namoz o‘qirmidilar?» — deb so‘radim, «Ha»,— dedi (poyabzalning 
tagi quruq bo‘lsa, unda namoz o‘qimoq mumkin, ammo tagi ho‘l bo‘lsa, najosat 
tekkanligi ehtimoli bor, uni yuvmoq lozimdir»,— deydilar Imom Hanifa)». 
25-bob. Mahsida namoz o‘qimoq 
Hamom ibn Hars aytib berganlar: «Jarir ibn Abdullohni ko‘rdim, u kishi peshob qildilar, 
keyin tahorat oldilar, mahsilariga mash tortib, so‘ng turib namoz o‘qidilar. Mash tortmoq 
to‘g‘risida u kishidan so‘ralganda: «Janob Rasulullohning shunday qilganlarini 
ko‘rdim»,— dedilar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Jarir ibn Adullohning bu gapi qavmga 
juda ma’qul keldi, chunki u eng keyingi sahobalardan erdi»,— deydilar». 
Mug‘iyra ibn Shu’ba aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tahorat 
uchun suv berdim (u kishi tahorat oldilar). Mahsilariga mash tortib, keyin namoz 
o‘qidilar». 
26-bob. Namozxon qiyomiga yetkazib sajda qilmasa (namozi qabul bo‘lmaydi) 
Abu Voil raziyallohu anhu aytib berganlar: «Huzayfa bir kishining ruqu’ va sajdani 
qiyomiga yetkazmay namoz o‘qiganini ko‘rib, u namozini tugatgach: «Namoz 
o‘qimading»,—dedi. Keyin, nazarimda, boyagi odamga: «O’lsang, Muhammad sallallohu 
alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmay o‘lgan bo‘lursan»,— dedi ham shekilli». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin