Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Cho‘ktirib qo‘yilgan tuya hamda daraxt va egarga qarab namoz



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

98-bob. Cho‘ktirib qo‘yilgan tuya hamda daraxt va egarga qarab namoz 
o‘qimoq 
Ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Bir kuni Ubaydulloh 
menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarini o‘zlariga nisbatan ko‘ndalang 
cho‘ktirib qo‘yib, unga qarab namoz o‘qir erdilar»,— dedi. «Agar tuyalari o‘rnidan turib 
ketsa, ne qilur erdilar»,— dedim. Egarini ro‘paralariga ko‘ndalangiga qo‘yib olib, namoz 
o‘qiyverardilar»,— dedi». 
Ibn Umarning o‘zlari ham shunday qilar ekanlar. 
99-bob. Chorpoyaga qarab namoz o‘qimoq 
Oisha onamizga kimdir: «Namozxonning oldidan it, eshak yokim ayol o‘tsa, namozi 
buzilg‘aydir» — deganda, «Hali bizni it yokim eshakka teng qildilaringmi?»—dedilar. 
«Men chorpoyada yotardim,— deydilar Oisha onamiz,—Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam chorpoyaning qoq o‘rtasiga qarab namoz o‘qir erdilar. Men u kishining qibla 
tomonlariga to‘g‘ri kelib qolganimdan xijolat tortib, oyog‘imni ko‘rpa ichiga yig‘ishtirib 
olardim». 
100-bob. Namoz o‘quvchi odam oldidan o‘tayotgan odamni orqasiga qaytaradi 
Ibn Umar tashahhudda (Kalimai shahodat aytmoqda) o‘tirganlarida ham, Ka’batullohda 
ham oldilaridan o‘tayotgan kishini qaytardilar. «Agar qaytmasa, qo‘ling birlan itarib 
qaytarg‘il!» —dedilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Abu Solih rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni men Abu Sa’idning ro‘parasiga sutra (to‘siq) 
qo‘yib olib namoz o‘qiyotganini ko‘rdim (boshqa bir hadisda, bu voqeani Janob 
Rasululloh aytib bergandilar, deyiladi). Abu Mu’it qabilasiga mansub bir bola uning 
oldidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Abu Sa’id bolani ko‘kragidan itarib qaytardi. Bola boshqa 
o‘tadigan joy topmasdan uning oldidan o‘tgani yana qaytib keldi. Abu Sa’id bolani 
qattiqroq itardi. Bolaning jahli chiqib Abu Sa’idni haqorat qildi-da, Marvon huzuriga 
shikoyat qilgani kirib ketdi. Abu Sa’id ham uning ketidan kirdi. Marvon: «Ey, Abu Sa’id, 
jiyaningiz (bu bola) birlan sizning orangizda ne o‘tdi?»—dedi. Abu Sa’id: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning «Agar birortangiz sutraga (to‘siqqa) qarab namoz 
o‘qiyotganingizda biror kishi sutra birlan sizning orangizdan o‘tmoqchi bo‘lg‘aydir, uni 
qaytaringiz, agar unamag‘aydir, urib qaytaringiz, chunkim u shaytondir!» — deganlarini 
eshitganman»,— dedi». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin