Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni quyosh hali hujramdan
chiqib
ketmay turib, o‘qir erdilar»,— dedilar.
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramdan chiqib
ketmay turib va hujramg‘a
soya tushmay turib, asr o‘qidilar»,— dedilar.
Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramga tushib turganda,
hujramda soyadan asar ham yo‘q paytda asr o‘qir erdilar»,— dedilar.
Sayyor ibn Saloma rivoyat qiladilar: «Men va otam Abu Barzaning huzurlariga kirdik.
Otam u kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni qandoq o‘qir
erdilar?» — deb so‘radilar. Ul kishi: «Sizlar uvlo deb ataydirgan
peshinni kun oqqan
paytda, asrni ersa birortamiz shaharning eng chekkasiga borib qaytganimizda ham
kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (shom haqida
aytgan gaplarini esimdan
chiqarib qo‘yibdirman), sizlar atama deb ataydirgan xuftonni ersa kechiktirib o‘qimoqni
afzal ko‘rar erdilar hamda xuftondan oldin uxlamakni va undan keyin so‘zlashib
o‘ltirmakni yomon ko‘rar erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘tirgan namozxonni taniydirgan
darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lar erdilar va oltmishtadan
yuztagacha oyat tilovat
qilur erdilar»,— dedilar».
Anas ibn Molik: «Biz asr o‘qiyotgan erdik, keyin bir kishi Baniy Amr ibn Avf qavmi oldiga
borib qarasa, ular ham asr o‘qishayotgan erkan, — dedilar.
Sahl ibn Hunayf raziyallohu anhu Abu Umomadan naql qiladilar: «Biz
Umar ibn Abdulaziz
birlan birga peshin o‘qidik, so‘ng chiqib, Anas ibn Molikning huzurlariga kirdik,
Ul kishi
asr o‘qiyotgan erkanlar Men: «Ey amaki, hozir siz qay namozni o‘qidingiz? — dedim. Ul
kishi: «Asr o‘qidim, Janob Rasululloh biz birlan shundrq namoz o‘qir erdilar»,— deb
javob qildilar».
Dostları ilə paylaş: