Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
123
kelmagan narsalarni eslatg‘aydir, hatto namozxon necha rak’at o‘qiganini bilmay
qolgaydir»,— deganlar».
5-bob. Baland ovoz birlan azon aytmoq
Umar ibn Abdulaziz: «Azonni aniq, baland ovoz birlan, ohangga solmasdan aytg‘il, agar
shundoq qilmassen, bizga muazzinlik qilmoqqa yaramassen!» — deganlar.
Abdurrahmon ibn Abdullohga bobolari quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Abu
Sa’id al-Xudriy menga: «Nazarimda, sen qo‘yni va dalani yaxshi ko‘radirgan
ko‘ring‘aysen, agar qo‘y boqayotgan ersang yokim
shunchaki dalada ersang-u, namozga
azon aytsang, azonni baland ovoz birlan aytg‘il, chunkim past
ovoz birlan aytsang,
uzoqdagi xoh jin, xoh inson, xoh jonli va xoh jonsiz narsa bo‘lsin, tovushingni eshitmay
qolg‘aydir. Ular qiyomatda sening azon aytganingga guvohlik berg‘aydir»,— degandilar.
Abu Sa’id al-Xudriy: «Buni men Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamdan
eshitgandim»,— deydilar».
Dostları ilə paylaş: