Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning odamlarga malol kelmasin



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

12-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning odamlarga malol kelmasin 
deb, muayyan kunlarni ilm va va’z aytish uchun
belgilab qo’yganlari  


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Ibn Mas’ud raziallohu anhu aytganlar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga malol 
kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo’ygan edilar. Rasululloh 
sallolohu alayhi va sallam:”Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, 
qiziqtiringiz, nafratlantirmangiz(o’zingizdan bezdirmangiz)!”-deganlar”
13-bob. Ilm o’rganuvchilar uchun ma’lum kunlarni belgilagan kishi to’g’risida. 
Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar.Bir kishi ularga 
dedi:”Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim”. Abdulloh 
dedilar:”Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni 
qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z 
aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen”. 
14-bob. Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih qilgay 
Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so‘zni Rasulullohdan eshitganman, deb 
aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih (din olimi) qilgay, 
qasamyod qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini 
yo‘lida sobit bo‘lsa, toki Alloh taoloning o‘zi istamas ekan, ularga dushmanlik 
qilayotganlarning zarari tegmaydi».
15-bob. Ilmni fahmlash (teran tushunish) 
Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda u Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh 
yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o‘xshaydi»,— dedilar. Men: 
«Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan yosh bo‘lganim uchun 
indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,— 
deb aytdilar».

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin