www.ziyouz.com kutubxonasi
235
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO’G’RISIDAGI BOBLAR 1-bob. Namozda (agar buyurilgan bo‘lsa) qo‘ldan foydalanish haqida Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o‘qiyotib o‘z tana a’zolaridan istagancha
foydalanmog‘i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o‘qiyotib qo‘li birlan kulohini olib
qo‘ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat Ali raziyallohu anhu ersa, o‘ng kaftlarini chap
qo‘llarining bo‘g‘ini ustiga qo‘yib, qo‘l bog‘lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi
yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo‘lsalar, qo‘l bog‘lamini yechib, qo‘llarini bemalol
harakat qildiraverar erdilar».
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib
qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam
ersa, enli tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim
kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko‘proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg‘onib,
o‘rinlaridan turib o‘tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo‘llari birlan ko‘zlarini
ishqadilar. So‘ng, Surai «Oli Imron»ning oxiridan o‘n oyat o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan
turib, devorga osig‘liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng namoz
o‘qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat
oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng
qo‘llari birlan (o‘ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma’noda) o‘ng qulog‘imni
ishqab qo‘ydilar (boshqa hadisda: «Qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib
qo‘ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at, so‘ng
ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at
namoz o‘qidilar. So‘ng, vitr o‘qib bo‘lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar.
Keyin, qisqagina qilib ikki rak’at namoz o‘qib oldilar. So‘ng, bomdod o‘qigani masjidga
chiqib ketdilar».