Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
279
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to‘g‘risida
Olloh taolo bu xususda: «Namoz o‘qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon
raziyallohu anhu menga
hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini esladi. Keyin u:
«Janob Rasululloh bizga namoz o‘qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini
uzmaslikni va pok bo‘lmoqni buyurganlar»,- dedi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz
raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini)
Ollohdan boshqa iloh
yo‘qlig‘iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imga guvohlik bermoqqa da’vat etg‘il!
Agar da’vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz
o‘qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy
kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga
qaytarib bermoqni ham
farz qilganini ma’lum aylag‘il!» - deb aytdilar».
Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir
kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg‘ayman, menga o‘rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi
bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,-
deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag‘aysen,
unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, namoz o‘qib, zakot berg‘aysen va
qarindoshlaringga oqibatli bo‘lg‘aysen!» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Nabiy sallallohu
alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o‘rgatingizkim, uni bajarib men
jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab,
unga hech narsani
shirk keltirmag‘aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o‘qig‘aysen, farz qilingan zakotni
ado etg‘aysen va ramazonda ro‘za tutg‘aysen!»-dedilar. A’robiy: «Jonu tanim qo‘lida
bo‘lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib
yubormag‘aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim
jannati odamni ko‘rib, xursand bo‘lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar».
Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi
mazkur hadisni menga
Abu Zur’a aytib bergan erdi»,- deydilar.
Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning)
vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi
Rabiy’a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o‘rtamizda rahna bo‘lib
turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga
buyuringiz, aytganlaringizni o‘rganib, o‘zimiz
ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach,
qavmu qarindoshlarimizga ham o‘rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb
amr qildilar: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen. Kalimai
shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo‘llarini
musht etib,
ko‘rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o‘qingiz, zakot