www.ziyouz.com kutubxonasi
287
117-bob. Bergan sodaqasini minnat qilguvchilar to‘g‘risida Olloh taolo bu xususda quyidagi oyati karimani nozil qilgan: «O’z boyliklarini Olloh
yo‘lida sadaqa aylab, keyin ketidan minnat qilmaydirgan va ozor bermaydirgan
bandalar...»
118-bob. O’z vaqtidan kechiktirmay sadaqa qilmoqqa oshiqqan kishi xususida Uqba ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
bizga imomlik qilyb namozi asr o‘qidilar. Keyin, shoshilib uylariga kirib ketib, bir oz
o‘tmay qaytib chiqdilar. Men yoki oramizdan kimdir buning boisini so‘radik. Janob
Rasululloh: «Sadaqa qilg‘ayman, deb uyda bir oz tilla olib qo‘ygan erdim, tuni birlan
uning uyda qolmog‘ini istamadim, shuni hozir odamlarga ulashib keldim»,- dedilar».
119-bob. Sadaqa berishga undash va shafqat (yordam) qilib sadaqa qilmoq haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni Janob Nabiy sallallohu alayhi
va sallam masjidga chiqib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, ilgari ham, keyin ham bunday
namoz o‘qimagan erdilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib, va’z aytdilar (yonlarida Bilol ham
turgan erdi), ularni sadaqa bermoqqa undadilar. Shunda ayollar bilaguzuk va
taqinchoqlarini (Bilolning etagiga) tashlay boshlashdi».
Abu Burda ibn Abu Muso otalari Abu Muso raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan
erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror kishi sadaqa
yokim boshqa narsa so‘rab kelsa, «Yordam (shafqat) qilingizlar, savob topg‘aydirsizlar!»
- der erdilar. Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning tillaridan o‘zi
istagancha ayttirib, sadaqa qildirar erdi».
Asmo raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Saxovat yo‘lini
berkitmag‘il, Olloh taolo ham sening uchun saxovat yo‘lini berkitmag‘aydir» deb
aytganlar» ,— deydilar.
Usmon ibn Abu Shayba: «Kimga ne berganingni sanamag‘il, Olloh taolo ham senga
sanab rizq berg‘aydir»,- deydilar.