Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
305
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
1-bob. Haj kitobi. Hajning vojib ekanligi va uning fazilati haqida
Olloh taolo bu xususda: «Kimning qudrati yetg‘aydir, Olloh yo‘lida Baytullohga haj
qilmog‘i farzdir. Kimki Ollohning hukmiga qarshi chiqg‘aydir,
Olloh undoq bandalarga
muhtoj ermasdir!» - deydi.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl raziyallohu anhu Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgan erdilar. Shu payt,
Xas’am qavmiga mansub bir ayol keldi. Fazl birlan ayol hadeb bir-birlariga qarashaverdi.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning yuzini boshqa tomonga burib qo‘ydilar. Ayol:
«Yo
Rasululloh, Olloh taolo o‘z bandalariga hajni farz qilgan payt otamning tuya ustida
o‘tira olmaydirgan keksalik vaqtlariga to‘g‘ri kelib qoldi,
men otamning nomlaridan haj
qilsam bo‘lurmu?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul-
Vido’da bo‘lgandi».
Dostları ilə paylaş: