www.ziyouz.com kutubxonasi
307
8-bob. Madina ahlining miyqoti; ular Zulhulayfaga kelmasdan ilgari tahlil aytmaydirlar Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Madina ahli Zulhulayfadan, Shom ahli Juhfadan, Najd ahli Qarndan boshlab
tahlil aytg‘aydir»,- deganlar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yaman ahli
Yalamlamdan boshlab tahlil aytg‘aydir»,-deganlarini ham bilurmen».
9-bob. Shom ahlining tahlilgohi Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman
ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha yerlar ularga ham, boshqa
tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Mazkur
belgilangan joylarga yaqin turadiganlar uchun o‘zlari turgan joy miyqotdir, hatto Makka
ahli ham shaharning o‘zida ehrom bog‘lag‘aydir».
10-bob. Najd ahliniyg tahlilgohi Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
miyqotlarni belgilab berdilar»,- deb aytgan erkanlar.
Solim ibn Abdulloh otalaridan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Mahya’a, ya’ni Juhfani, Najd
ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar».
Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Yaman ahliga Yalamlamni miyqot qilib
belgilab berganlarini aytishg‘aydir, lekin men o‘zlaridan eshitmaganman» ,— deydilar.
11-bob. Miyqotlari bo‘lmaganlarning tahlilgohlari Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina
ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Yaman ahliga Yalamlamni, Najd ahliga Qarnni
miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va
umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlar uchun ham miyqot vazifasini o‘tag‘aydir. Mazkur
miyqotlarga yaqin turganlar uchun o‘sha o‘zlari turgan yer miyqotdir, hatto Makka ahli
ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».