Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehrom bog‘lashdan avval o‘ziga xushbo‘y narsalar surtmoq; ehromga



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

18-bob. Ehrom bog‘lashdan avval o‘ziga xushbo‘y narsalar surtmoq; ehromga 
kirmoq uchun nima kiygaydir? Sochlarini tarab, o‘ziga xushbo‘y narsalar 
surtg‘aydir 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan kishi rayhon hidlag‘aydir, ko‘zguga qarab 
o‘zini tartibga solg‘aydir, o‘zi (kunda) yeb yuradirgan zayt (zaytun yog‘i) va samn 
(hayvon yog‘i) birlan o‘zini muolaja qilg‘aydir»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ehrom 
bog‘lagan odam uzuk taqg‘aydir, hamyonini (beliga) osib olg‘aydir»,-deydilar. Ibn Umar 
raziyallohu anhu ehrom bog‘lab tavof qildilar. bellariga ko‘ylaklarini belbog‘ qilib olgan 
erdilar. Oisha onamiz taxtiravonlarini ko‘tarib yuradirgan kishilarning tubbon (uzunligi 
bir qarich keladirgan kalta ishton) kiyib yurishlariga e’tibor bermas erdilar». 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘zlariga zayt surkab 
olardilar. Bu haqda Ibrohimga aytgan erdim, u: «Asvadga Oisha onamiz aytib bergan 
mana bu so‘zga nima dersan? Oisha onamiz: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ehromdaliklarida peshonalarining xushbo‘y narsa surtilganidan yaltirab turganini hozir 
ham ko‘rib turgandekman»- deganlar»,- dedi».
Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 
xotinlari Oisha raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ehrom 
bog‘lab Ka’bani tavof qilmoqlaridan oldin ham, tavof qilib chiqqanlaridan keyin ham 
xushbo‘y narsalar surtib qo‘yg‘ay erdim»,- dedilar». 
19-bob. Sochini ixchamlab olib tahlil aytmoq 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning 
sochlarini ixchamlab olib, tahlil aytganlarini ko‘rdim»,- deydilar. 
20-bob. Zulhulayfa masjidi yonida tahlil aytmoq haqida 
Solim ibn Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfa masjidi yoniga 
kelibgina tahlil (talbiya) ayta boshlar erdilar»,- deydilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin