Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
314
odamlar bir yo‘la ham haj,
ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim,
xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»-
dedilar. Men: «Yo‘q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga
borib, umraga talbiya aytg‘il, so‘ng falon vaqtda qaytib kelg‘il!»- dedilar».
Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O’shanda odamlar mening umra qilib qaytib
kelmog‘imni kutib, yo‘ldan qolishdi, deb o‘ylayman, chunki men ham hayz ko‘rib qolib,
umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema’nilik! Nahr kunlari
(qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob
Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, tavof qilib kelg‘il!»-dedilar».
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi
va sallam meni
Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib
ketayotgan erdim, yoki ul kishi Makkaga kirib ketayotgan erdilar, men ersam, Makkadan
chiqib kelayotgan erdim».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ yilida
Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ba’zimiz umraga, ba’zimiz ersa, bir yo‘la
ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya
aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m
umraga talbiya aytgan bo‘lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi».
Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va Ali raziyallohu anhumolar xalifalik
qilishgan davrlarda, hajda bo‘ldim. Usmon bir yo‘la ham haj, ham umra qilmoqni man’
etdilar. Hazrat Ali ersa, bunga e’tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb,
ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so‘ziga kirib, Nabiy
sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo‘ymasmen!»-dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj
oylarida umra qilmoqni yer
yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham
Muharram oyi o‘rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag‘iri butunlay
tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo‘lur»,- deyishardi.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to‘rtinchi saharida hajga
talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o‘rniga
umra qilmoqni amr
qildilar. Bu ularga og‘ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog‘lab kelingan ehromni yechib,
umraga qayta ehrom bog‘lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida
nimaga ruxsat etilgan bo‘lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar».
Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim,
ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar:
«Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz
yechmayotirsiz?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan
qilib
yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo‘yganman. Shuning uchun
qurbonligimni so‘ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar».
Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat
olgandim, lekin odamlar qo‘yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat
qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko‘rdim. Tushimda bir