www.ziyouz.com kutubxonasi
323
60-bob. Qora Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida Zaydning otasi Aslam: «Men Umar raziyallohu anhuning Qora Toshni o‘pa turib:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men
ham seni o‘pmas erdim» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.
Zubayr ibn Arabiy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhudan Krra Toshni
o‘pib tavof qilmoq haqida so‘radi. Ibn Umar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning uni o‘pib tavof qilayotganlarini ko‘rganman»,-dedilar. Shunda ul: «Agar (bu
to‘g‘rida sen birlan) bahslashib yengsam, ne dersan?»-dedi. Ibn Umar: «Ne dersaningni
o‘shal Yamaningga borib aytg‘aysen! Men (haqiqatan ham) Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamning Qora Toshni quchoqlab, o‘payotganlarini ko‘rganman»,- dedilar».
61 -bob. Ustun oldiga kelganda unga ishora qilib qo‘ymoq Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya minib
Baytullohni tavof qilar erdilar va har gal ustun oldiga kelganlarida unga ishora qilib
qo‘yar erdilar».
62-bob. Ustun oldida turib takbir aytmoq haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyada
Baytullohni tavof qildilar. Shunda har gal ustun oldiga kelganlarida qo‘llaridagi narsa
birlan unga ishora qilib qo‘yib, so‘ng takbir aytdilar».
63-bob. Makkaga kelganida, uymga qaytishdan avval, Baytullohni tavof qilib, ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng Safoga chiqib borgan kishi xususida Urva ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga
kelganlarida, Eng avvalo tahorat olib, tavof ayladilar, keyin umra qilmay, haj qildilar.
So‘ng, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhu ham shunday haj qildilar. Keyinchalik, men
otam Zubayr raziyallohu anhu birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tavof aylab,
so‘ng haj qildilar. Keyin, muhojir va ansorlarning ham shunday qilganlarini ko‘rdim.
Mening onam xolam Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar birlan umraga tahlil aytib,
ustunni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishganini menga aytdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam haj yokim umraga ehrom bog‘lasalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt
marta yurib tavof aylar erdilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qigach, Safo va Marva oralig‘ini
ziyorat qilar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
Baytullohga kelsalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar
erdilar. Safo va Marva oralig‘ini tavof aylaganlarida selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar».