Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


udumlaridan biriga aylanganligi haqida



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

udumlaridan biriga aylanganligi haqida 
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Oisha onamizga: Olloh taoloning «Safo va 
Marvada sa’y qilmoq Olloh taolo udumlaridan biridir, kim Ka’bani tavof aylasa yokim 
umra qilsa, ularning ikkalasini (Safo va Marvani) tavof etmog‘i gunoh bo‘lmag‘aydir» 
degan qavli haqida ne dersiz? Xudo haqqi, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim 
gunohkor bo‘lmas erkan!» — dedim. Ey jiyanim,— dedilar Oisha onamiz,— nechuk 
be’mani so‘z aytding! Agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda 
Safo va Marvani tavof aylamasa, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar 
haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular musulmon bo‘lmoqlaridan avval Mushallal degan joydagi 
o‘zlari ibodat qiladirgan butga — mustabid Manotga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan 
ham Safo va Marvani tavof aylamakka hayiqishar erdi. Ular musulmon bo‘lganlaridan 
so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani 
tavof qilmoqqa hayiqar erdik, shukrkim, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak 
Olloh udumlaridandir!» degan oyati kariymasini nozil qildy»,— deyishdi. Shundan so‘ng, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safo va Marvani tavof etmakni sunnat qildilar, buni 
qilmaslikka hech kimning haqqi yo‘qdir!» 
«Men ushbu hadisni Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytganimda,— deydilar Zuhriy 
raziyallohu anhu,— u bunday dedi: «Oisha zikr qilgan but — Manotga tahlil 
aytmaydirgan barcha odamlar Safo va Marvani tavof qilishardi. Olloh taolo Qur’onda 
Safo va Marvani tavof aylamakni zikr qilmay, Ka’bani tavof etmakni zikr qilganida
odamlar: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilar erdik, Olloh taolo Ka’bani tavof 
aylamak haqida oyat nozil qildi, Safoni zikr qilmadi, agar biz Safo va Marvani tavof 
qilsak, gunohkor bo‘lg‘aymizmi?» - deyishdi. Shunda, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof 
aylamak Olloh udumlaridandir!»degan oyati kariymasini nozil qildi». «Bu oyat,- deb 
davom etdilar Abu Bakr,- ikki toifa odamlar xususidadir, biri - johiliya davrida Safo va 
Marvani tavof etmakka hayiqqan kishilar, ikkinchisi - ilgari Safo va Marvani tavof aylab 
yurib, keyin, islom davriga kelganda, Olloh taolo Ka’bani tavof etmakni zikr qilib, Safoni 
eslatmaganligidan ularni tavof aylamakka hayiqib qolgan kishilar ha.qida nozil bo‘lgan. 
Shundan so‘ng Olloh taolo Safo va Marvani ham tavof aylamak lozimligini eslatib, oyat 
nozil qilgan, deb eshitg‘ayman». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin