Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
331
83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o‘qiydir?
Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy
sallallohu alayhi va sallamdan o‘zingiz o‘rgangan bir narsa haqida meni xabardor
qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o‘qidilar?»-deb so‘radim. Anas:
«Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun)
asrni qaerda
o‘qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari
qilaverg‘il!» - deb qo‘shib qo‘ydilar».
Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib,
eshak minib ketayotgan Anas
raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda
o‘qidilar?» - deb u kishidan so‘radim.
Anas: «Umarolaring qaerda o‘qisa, sen ham o‘sha yerda o‘qiyverg‘il!» - dedilar».
Dostları ilə paylaş: