Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehromdagi kishi o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehromsiz kishiga



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə440/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

4-bob. Ehromdagi kishi o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehromsiz kishiga 
«ovlag‘il!» deb ko‘rsatmaydir 
Usmon (Ibn Mavhib) raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam hajga niyat aylab, yo‘lga chiqdilar, sahobalar ham birga chiqishdi. Janob 
Rasululloh ulardan bir guruhini (Abu Qatoda ham shular birlan birga erdi) to‘xtatib, 
«Sizlar to uchrashmagunimizcha dengiz sohili bo‘ylab ketaveryngiz!» - dedilar. Ular 
dengiz yoqalab yurib ketishdi. Yo‘l-yo‘lakay Abu Qatodadan tashqari hammalari ehrom 
bog‘lab olishdi. Ittifoqo, qulonlarni ko‘rib qoldilar. Abu Qatoda darhol ulardan biriga 
nayza urib, o‘ldirdi-da, olib keldi. Hammalari ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) 
yeyishdi. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-da?!»-dedilar. So‘ng, 
qolgan go‘shtni olib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Janob Rasulullohga: «Yo 
Rasululloh, biz yo‘l-yo‘lakay ehrom bog‘lab olgan erdik, Abu Qatoda ersa, bog‘lamagan 
erdi. Tasodifan qulonlar galasini ko‘rib qoldik. Abu Qatoda ulardan birini ovladi, 
hammamiz ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yedik. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov 
go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-a?!» — dedik-da, qolgan go‘shtni olib, oldingizga 
kelaverdik»,— deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «O’shanda birortangiz Abu Qatodaga 
ovni (qulonlarni) ko‘rsatib qo‘ymadingizmi, ishqilib?» — dedilar. Ular: «Yo‘q»,— 
deyishdi. Janyb Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, qolganini ham yeb qo‘yingizlar!» — dedilar». 
 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
363
5-bob. Ehromdagi kishiga tirik qulon hadya qilinsa, olmaydir 
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sa’b ibn Jassoma al-Laysiy 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Abvo’ (yoki Buddon) degan yerda bir tirik qulon 
hadya qilgan erdi, olmadilar. Keyin, uning xafa bo‘lganini ko‘rib: «Biz ehromda 
bo‘lganimiz uchungina hadyangni rad etdik»,— dedilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin