Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
373
qarab: «Bu (Madina) temirchining bosqoni (dami) temir kuyukini ketkazgani yanglig‘
odamlar qabohatini ketkazg‘aydir»,- dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo
parvardigor-o, Madinaga Makkaga bergan barkotingdan ikki barobar ko‘p barakot
berg‘aysen!» - dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam safardan
qaytayotib, uzoqdan Madina devorlarini ko‘rishlari bilanoq, tuyalarini tezlashtirar erdilar,
Madinani shu qadar yaxshi ko‘rar erdilar».
11-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaning huvillab qolmog‘ini
yoqtirmaganlar
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy Salama qabilasi Masjid un-Nabiyga
yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Ey Baniy Salama, oxiratdan umid qilmasmisizlar?!»-deb erdilar,
ular joylarida
qolishdi...
12-bob.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam:
«Mening hujram birlan minbarim oralig‘ida jannat bog‘laridan biri joylashg‘aydir,
minbarim ersa, Havzi Kavsar ustida bo‘lg‘usidir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Madinaga kelganlarida Abu Bakr birlan Bilol isitmalab qolishdi. Abu Bakr isitma
zo‘riqqanda: «Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir ajal» ,— der erdilar.
Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda,
yig‘lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh,
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim,
Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»-
der erdilar. Bilol yana bunday der erdilar: «Yo parvardigor-o,
vabo bizni yurtimizdan
quvgandek, Shayba ibn Robi’a, Utba ibn Robi’a va Umayya ibn Xalafni la’natlab,
quvgin!» Janob Rasululloh Ollohga iltijo qilib bunday . der erdilar: «Yo Olloh, bizga
Madinani Makka singari yokim undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh, uning toshu-
tarozusiga
baraka ber, ahlini salomat qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga
ko‘chirg‘il! (Juhfa Misrda bo‘lib, uning aholisi mushrik erdi).
Oisha onamiz bunday deydilar: «Biz Madinaga keldik. Bu yerda
tez-tez vabo chiqib turar
erdi. Madina vodiylari bo‘ylab ersa, oqin suvlar oqib turar erdi».
Zayd ibn Aslam otalari Aslamdan eshitib rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu: «Ey
Olloh, o‘z yo‘lingda shahid bo‘lmoqni va Raflulloh sallallohu alayhi va sallamning
shaharlarida (Madinada) jon taslim etmoqni menga nasib aylag‘il!»-der erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Dostları ilə paylaş: