Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
394
deydilar.
Abu Ayyub rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi
va sallam Juvayra binti
Hars raziyallohu anhoning uylariga kiribdirlar. Ul kishi ro‘za erkanlar. Janob Rasululloh:
«Kecha ham ro‘zamiding?» - deb so‘rabdirlar. Juvayra: «Yo‘q»,- debdirlar. Keyin, Janob
Rasululloh: «Ertaga ham ro‘za tutg‘aymisen?» -deb so‘rabdilar. Ul kishi: «Yo‘q» -
debdirlar. Shunda, Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ro‘zangni ochgil!» - debdirlar.
Juvayra og‘iz.ochibdirlar».
62-bob. Kishi o‘zi uchun ro‘za tutadirgan kunlariny belgilab olsa, bo‘ladirmi?
Alqama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anhodan: «Janob Rasululloh o‘zlari
uchun
ro‘za tutadirgan kunlarni belgilab olganmi erdilar?» - deb so‘radim. Ul kishi: «Janob
Rasululloh doimo ro‘za tutar erdilar, sizlarning qaysi biringiz ul kishi qilgan ibodatga
chiday olursiz?!» - dedilar».
63-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida
Ummulfazl rivoyat qiladirlar: «Arafa kuni mening huzurimda o‘tirgan odamlar Nabiy
sallallohu alayhi va sallamning ro‘za yokim ro‘za ermasliklari to‘g‘risida tortishib qolishdi.
Ayrimlar: «Janob ro‘zalar»,- desa, ba’zilar: «Ro‘za ermaslar»,- dedi.
Shunda men
Janobga bir idishda sut yubordim. Janob tuya minib
Arafotda turgan erdilar, sutni
ichdilar».
Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Odamlar Nabiy sallallohu alayhi va
sallamning arafa kuni ro‘za tutganlari to‘g‘risida shubha qilib qolishdi. Shunda men
Janobga sut yubordim. Janob Arafotda turgan erdilar, odamlar ko‘z oldida sutni
ichdilar».
Dostları ilə paylaş: