Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Mustahozaning(ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e'tikof



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə488/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

16-bob. Mustahozaning(ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e'tikof 
qilomg'i haqida.  
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xotinlaridan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
402
biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va sariq suyuqlik kelib turardi, 
biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar 
17-bob. Ayolning e'tikofda o'tirgan erini ko'rgani bormog'i haqida. 
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda) 
erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. 
Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib 
qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi. Janob Rasululloh 
Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob Rasulullohga bir nigoh 
tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti 
Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib: 
«Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton insonning qon 
tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib, yomon xayolga bormangiz, 
deb xavotir oldim»,- dedilar». 
18-bob. E'tikofda o'tirgan kishi shubhani o'zidan soqit qiladirmi? 
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam e’tikofda o‘tirganlarida huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida Janob 
Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob 
Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har 
xil fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,- 
dedilar». 
Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha, 
kechasi»,- deb javob bergan erkanlar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin