Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Agar kishi tahoratga suv ham, tayammum qilmoqqa (toza) tuproq ham



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

1-bob. Agar kishi tahoratga suv ham, tayammum qilmoqqa (toza) tuproq ham 
topmasa, nima qiladi? 
Hishom ibi Urvaning otalaridan: «Oisha onamiz marjon shodasini opalari Asmodan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
omonatga olgan edilar. Uni yo‘qotib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam qidirgani odam yubordilar, keyin u topib keldi. Shu asnoda namoz vaqti bo‘ldi, 
odamlar atrofda va o‘zlarida suv bo‘lmaganligidan tahoratsiz namoz o‘qidilar. Buni 
ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shikoyat qildilar. Shunda Alloh taolo: 
«Tayammum oyati»ni nozil qildi. Usayd ibn Huzayr Oisha onamizga: «Alloh sizga 
yaxshilik ato etsin, Allohga qasamki, siz xushlamagan narsa nozil qilingani yo‘q, zero 
buni Alloh taolo sizni va barcha musulmonlarni deb qildi, bundan faqat yaxshilik 
ko‘zlangandir», dedilar». 
2-bob. Bir joyda o‘tirib qolgan odam suv topmay namozi qazo bo‘lishidan 
qo‘rqsa, tayammum qiladi 
Ato raziyallohu anhu ham bu haqda shu fikrni bildirganlar: «Kasal kishi suvi bo‘la turib, 
uni quyib beradigan yordamchi topmasa, tayammum qiladi. Bir kuni Ibn Umar Jurf 
degan joydagi yeridan kelayotib, bir qo‘yxona yoniga kelganda asr vaqti kirdi. 
Tayammum bilan asr o‘qidi. Keyin Madinaga kirib keldi, quyosh botmagan edi, asrni 
qaytarib o‘qimadi», deganlar Hasan Basriy. 
Al-A’rajga Ibn Abbosning ozod qilingan quli Umayr bunday degan ekan: «Men va 
Maymuna onamizning ozod qilingan quli Abdulloh ibn Yasor Abu Juhaym ibn al-Hars ibn 
as-Simmanikiga bordik. Abu Juhaym bizga quyidagini aytib berdi: «Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam Bi’ru Jamal tomondan keldilar. Shunda u kishiga bir odam yo‘liqib salom 
berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam alik qaytarmasdan devorga borib 
tayammum qildilar, yuzlariga va ikki qo‘llariga surtdilar, shundan so‘ng u kishiga alik 
oldilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin