www.ziyouz.com kutubxonasi
87
33-bob. Masjiddagi tupukni qo‘l bilan ko‘chirib tashlash Anas aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla
tomonidagi devorida (qotib qolgan) balg‘amni ko‘rdilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamga juda og‘ir botdi, hatto yuzlarida xafa bo‘lganlari ko‘rinib turardi. Rasululloh
o‘rinlaridan turib, balg‘amni qo‘l bilan ko‘chirib tashladilar, so‘ng: «Qaysi biringiz namoz
o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashg‘aydirsiz, rabbingiz oldingizda, qiblada
bo‘lg‘aydir. Shuning uchun birortangiz qibla tomonga tupurmangiz, agar zarur
bo‘lg‘aydir, chap tomonga yoki oyoq tagiga tupuringiz!» — dedilar. Keyin, Janob
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarining bir tarafini ushlab, unga tupurib buklab
qo‘ydilarda: «Yokim mana shunday qilingiz!» — dedilar».
Abdulloh ibn Umar dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning
qibla tomoni deyuridagi tupukni ko‘rib, qirib tashladilar, keyin odamlarga qarab: «Agar
birortangiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, qibla tomonga tupurmangiz. Chunki, Olloh taolo
kishi namoz o‘qiyotganida qibla tomonda bo‘lg‘aydir», — dedilar».
Oisha onamiz dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon
devordagi manqani (yoki balg‘amni) ko‘rib, qirib tashladilar».
34-bob Masjiddagi manqani mayda tosh birlan ko‘chirib tashlamoq Ibn Abbos: «Agar ho‘l axlatni bosib olsang, uni suv birlan yuvg‘il, agar quruq bo‘lsa,
yuqmasa, yuvmag‘il!» — deganlar.
Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam masjid deyuridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib
tashladilar, keyin: «Birortangiz burningizni qoqmoqchi ersangiz, old va o‘ng
tomoningizga qoqmangiz, chap tomonga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz»,—
dedilar».
35-bob. Namozxon o‘ng tomoniga tupurmasin! Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam masjid devoridagi manqani ko‘rib, uni mayda tosh birlan
ko‘chirdilar, keyin: «Birortangiz burun qoqsangiz, old va o‘ng tomonga qoqmangiz, chap
tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz!»—dedilar».
Qatoda raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz
old tomoningizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, ammo chap tomoningizga
yokim oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur» deganlarini «Menga Anas aytib bergan»,—
deydilar.