Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
qilinadigan umr
safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba’zi bir qismidan
unumli foydalaningiz!”.
31-bob. Namoz o’qimoq iymondandir.
Oyati karimada:”Olloh taolo sizlarning iymonlaringizni, ya’ni Bayt ul-
Muqaddas(Quddus,Iyerusalim)ga qarab o’qigan namozlaringizni zoye ketkazmag’ay”,-
deyilgan.
Sahoba Barro bunday deydilar:”Payg’ambarimiz sallolohu alayhi
va sallam Madinaga
keliboq qarindoshlarinikiga tushdilar va Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki17 oy namoz
o’qidilar. Aslida Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Makkadagi Xonai Ka’bani qibla qilib
namoz o’qishni yaxshi ko’rardilar. Xonai Ka’baga qarab birinchi o’qigan namozlari asr
namozi edi.Rasululloh bilan birga bir qavm jamoasi ham namoz o’qidi.
Birga namoz
o’qiganlardan biri boshqa masjidda namoz o’qiyotgan odamlar yonidan o’tayotib, ruku’da
turgan vaqtlarida ularga:”Ollohga qasam ichib aytamankim, biz hozir Makkai
Mukarramaga qarab nzmoz o’qidik”,-dedi.Shunda ular namozda turgan hollaricha Makkai
Mukarramaga o’girilib, namozni o’qib tugatdilar. Rasululloh
sallolohu alayhi va
sallamning Bayt ul-Muqaddasga qarab namoz o’qiyotganlari yahudiy va nasorolarga
yoqardi,(Bayt ul-Muqaddas ularning qiblasi edi). Ammo Makkai Mukarramadagi
Baytullohga qarab namoz o’qiganlari esa ularga yoqmasdi”.
Sahoba Barro yana shunday daganlar:”Qibla Xonai Ka’baga qarab o’zgartirilmasdan
ilgari ba’zi bir kishilar vafot etib ketganlar va ba’zi birlari shahid bo’lib ketganlar. Biz ular
to’g’risida nima deyishni bilmaymiz, deb turganlarida yuqoridagi
oyati karima nozil
bo’ldi”.
Dostları ilə paylaş: