Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
104
Salama ibn Abu Ka’b dedilar: «Minbar birlan masjid devori oralig‘i qo‘y o‘tgudek erdi».
92-bob. Ro‘parasiga sanchib qo‘yilgan nayzaga qarab namoz o‘qimoq
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamning
ro‘paralariga nayza sanchib qo‘yishar erdi, o‘shanga qarab namoz o‘qir erdilar».
93-bob. Uchi nayza hassaga qarab namoz o‘qimoq
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagini otam aytib bergandilar, dedilar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam kun qizigan paytda
bizning oldimizga chiqdilar, tahorat oldilar, so‘ng biz
birlan peshin va asrni o‘qidilar. Ro‘paralariga uchi nayza hassalari sanchib qo‘yilgan
bo‘lib, ayollar va eshaklar uning narigi tomonidan o‘taverardi».
Ato ibn Abu Maymuna quyidagini
Anas ibn Molikdan eshitdim, dedilar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam,
agar hojatga chiqsalar, men va bir xizmatkor bola nayza yoki
hassa yohud uchi nayza hassa (namozda ro‘paraga sanchib qo‘ymoq uchun)
hamda suv
olib, orqalaridan ergashar erdik. Hojatlaridan bo‘shaganlarida idishdagi suvni berar
erdik».
94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to‘siq)
qo‘yish
Abu Juhayfa naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, tush paytida yo‘lga
chiqib, Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassani sutra (to‘siq) qilib sanchib
qo‘ydilar-da, peshin va asrni ikki rak’atdan (sunnat va farzini) o‘qidilar.
Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam tahorat olganlarida tushgan suvni odamlar olib, badanlariga
surta boshladilar».
Dostları ilə paylaş: