Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so‘zlashib



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

 
40-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so‘zlashib 
o‘tirmoq haqida 
Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Ashob us-suffa, ya’ni masjidning 
hovlisidagi supada yashaydirgan uysiz kishilar nihoyatda kambag‘al erdilar. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam: «Kimning uyida ikki kishiga yetg‘ulik ovqat bo‘lsa, uch 
kishini, to‘rt kishiga yetg‘ulik ovqat bulsa, besh-olti kishini olib ketib, to‘yg‘azsin!» — 
dedilar. Abu Bakr uch kishini olib keldilar. Janob Rasululloh ersa o‘n kipshni olib ketdilar 
(Ularning ichida men, otam, onam, bilmayman, yana xotinim, Abu Bakr birlan 
payg‘ambarimizning xonadonlari o‘rtasidagi yugurdak ham bor erdi shekilli). Abu Bakr 
payg‘ambarimizning ovqatlanib olmoqlarini kutib turdilar. Tunning xudo xohlagancha 
qismi o‘tgandan keyin uylariga qaytdilar. Shunda xotinlari: «Mehmonlarni tashlab qay 
yerlarda yuribsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — dedilar. 
Xotinlari: «Sizni kelasiz deb unamadilar, ketib qoldilar»,— dedi. Abu Bakr so‘kindilar-da: 
«O’zlaringiz yeyaveringiz, xudo xaqqi, men sira yemasmen!»— dedilar. Oyalohga qasam 
ichib ayturmenkim, ovqatni qancha yesak ham, kamaymak o‘rniga ko‘payib borar erdi. 
Biz to‘ygunimizcha yedik, lekin ovqat ilgarigidan ham ko‘payib ketdi. Abu Bakr buni 
ko‘rib, xotinlariga: «Ey Baniy Firosning singlisi, nega bunday bo‘ldi?»—dedilar. Xotinlari: 
«Ko‘zlarimg‘a ishongim kelmas, ovqat ilgarigidan uch barobar ko‘payib ketdi»,— dedi. 
Abu Bakr ovqatdan yedilarda: «Bu shaytonning ishidir»,— dedilar. Ya’ni, ovqat 
yemasmen, deb ichgan qasamlarini nazarda tutdilar. Keyin, yana bir luqma yeb, 
qolganini Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib ketdilar. Men o‘sha yerda 
qolib tong ottirdim. Biz birlan bir qavm o‘rtasida ittifoq tuzilgan bo‘lib, uning vaqti o‘tgan 
erdi. Biz o‘n ikki kishi bo‘lib ajralib chikdik. Ularning har biri birlan qancha odam 
kelganini bilar erdim, barchalari birgalikda o‘sha ovqatdan yedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin