www.ziyouz.com kutubxonasi
122
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
AZON (AYTISH) KITOBI 1-bob. Azon aytishning boshlanishi (tarixi) va Olloh taoloning: «Agar namozga azon aytgaydirsiz, mushriklar masxara qilg‘aydirlar, chunkim alar Ollohga qilinadirg‘on ibodatga aqli yetmaydirg‘on qavmdir» hamda «namozg‘a azon aytilsa, jum’a kunidan boshlab aytilsin!» — degan kalomi sharifi Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «(Janob Rasululloh) odamlarni namozga
chaqirmoq uchun (avval) o‘t yoqmoq, zang chalmoq lozimligini aytdilar, so‘ng yahudiy
va nasorolarning ibodatga qanday da’vat qilganliklari eslariga tushib, Bilolga azon
jumlalarini ikki martadan, takbir jumlalarini ersa bir martadan aytmakni buyurdilar».
Ibn Umar aytar erdilar: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida bir yerga to‘planishib,
namoz vaqtini belgilab olishur erdilar. Namozga azon aytishmas erdilar. Bir kuni
namozga chaqirmoq to‘g‘risida so‘zlashib qoldilar. Ba’zilar: «Nasorolar zang chalgani
kabi zang chalingiz!» — desa, ba’zilar: «Yahudiylar shubbur (karnay) chalgani singari bir
narsa chalaylik!» — deyishdi. Shunda Hazrat Umar: «Namozga chaqirmoqqa bir kishini
yubormaysizlarmi?» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bilol,
turg‘il o‘rningdan, namozga chaqirg‘il!» — deb aytdilar».
2-bob. Azon jumlalari ikki marta-ikki martadan aytiladir Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azonning jumlalarini juft-juft qilib, takbirni toq qilib,
«Qad qomat-is-salot» ni ersa ikki marta aytmak buyurildi»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Odamlar to‘plangach, namoz vaqti bo‘lganligini biror narsa
birlan ma’lum qilmak kerakligi haqida so‘zlashdilar. Avval, o‘t yoqmak yokim zang
chalmak kerak, deyishdi. Shunda Bilolga azonni juft kilib, takbirni ersa toq qilib aytmak
buyurildi»,— deydilar.