Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tong otgandan keyin azon aytmoq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

12-bob. Tong otgandan keyin azon aytmoq 
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Umm ul-mu’minin (mo‘minlar onasi) Hafsa 
(Rasulullohning xotinlari): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdodga 
azon aytmakdan kechikib qolsa-yu, tong otib qolsa, (masjidda) namoz boshlanmagidan 
avval yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar»,— deb aytganlar». 
Oisha raziyallohu anho naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 
namozi uchun aytiladigan azon birlan takbir o‘rtasida yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib 
olar erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bilol kechasi (juda erta) azon aytg‘aydir, sizlar Ibn Ummi Maktum azon 
aytg‘uncha yeb-ichaveringiz»,— deganlar».
13-bob. Bomdoddan avval azon aytmoq 
Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol azon 
aytganda birortangiz saharlik qilmoqdan to‘xtamangiz, chunkim muazzin uxlab 
yotganlarni uyg‘otmoq uchun, uyg‘oqlarni namozga chorlamoq uchun qorong‘uda azon 
aytg‘aydir»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini 
osmonga ko‘tarib pastga tushirdilar-da, «Bu hali tong otganini anglatmag‘aydir, mana 
bundoq bo‘lsa, tong otgan bo‘lur»,— deb barmoqlarini endi ufq bo‘ylab yurgizdilar» 
(ya’ni, quyosh nurlari avval tikkasiga taralg‘aydir, bu tong otdi, degani ermas, nur 
ko‘ndalangiga taralsagina tong otgan hisoblang‘ay). 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Oisha onamiz bundoq degandilar»,— deydilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va. sallam: «Bilol kechasi azon aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum 
azon aytguncha, yeb-ichaveringiz,—deganlar». 
14-bob. Azon bilan takbir orasida qancha vaqt bor? Namoz o‘qishning 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin