Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
23-bob. Kishi namozxonlar safiga shoshilib kelib turmasin, tinchlik saqlab,
ohistalik birlan tursin!
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Takbir aytilayotganda safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!»— deganlar».
24-bob. Takbir aytilgandan so‘ng kishi biror sabab birlan masjiddan chiqsa
bo‘lg‘aymi?
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan
chiqdilar. Namozga takbir aytildi, saflar tiklandi, Janob Rasululloh mehrob qarshisiga
kelib turdilar. Namozga takbiri tahrima aytilmog‘ini
kutib turgan erdik, «O’rinlaringizdan
qimirlamangiz!»— deb hujralariga kirib ketdilar, shu holatimizda turib qoldik. Bir ozdan
so‘ng sochlari ho‘lg boshlaridan suv tomib turgan holda qaytib chiqdilar, g‘usl
qilibdirlar».
25-bob. Agar imom: «O’rningizdan qimirlamangiz!»— deb chiqib ketsa, qaytib
kelgunicha kutib turilg‘aydir
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi, odamlar saflarini to‘g‘rilashdi.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqib, oldinga o‘tdilar. U kishi
jimo’dan keyingi holatda erkanlar. «O’rningizdan qimirlamangiz!» —
deb qaytib kirib
ketdilar. So‘ng, g‘usl qilib chiqdilar, sochlaridan suv tomib turardi. Keyin, odamlar birlan
namoz o‘qidilar».
26-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq voqeasi kuni Hazrat Umar Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo
Rasululloh, Olloh haqqi-hurmati, kun
botib ketdi hamki, namozi asrni o‘qiyolmay qoldim»,— dedilar. Bu gapni aytganlarida
iftor qilib bo‘lingandi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasam
ichib ayturmenkim, men ham hali namozi asrni o‘qimabman»,— dedilar. Keyin,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Bathon degan joyga bordilar, men ham u kishi
birlan birga bordim, tahorat oldilar, so‘ng (kun botgandan keyin) namozi asrni o‘qidilar,
undan keyin shomni o‘qidilar».
Dostları ilə paylaş: