Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
139
55-bob. Imom yomon imomlik qilsa, gunohi o‘ziga
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Imomlar sizlarga imomlik qilib namoz o‘qiydirlar. Agar to‘g‘ri, to‘liq o‘qig‘aydirlar,
sizlarga ham, o‘zlariga
ham savob, bo‘lg‘aydir. Xato qilsalar, sizlarga savob-u, gunohi
o‘zlariga bo‘lg‘aydir»,— deganlar».
56-bob. Yo‘ldan ozgan va bid’atchi odamning imomligi xususida
Hasan Basriy: «Bid’atchining orqasida ham namoz o‘qiyverg‘il, bid’atining zarari
o‘zigadir»,— deganlar. Imom Buxoriy: «(Ushbu hadisni) bizga Muhammad ibn Yusuf
aytib berdilar»,— deydilar.
Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor Usmon ibn Affonning huzurlariga kirdi.
Hazrat Usmon
siqilib o‘tirgan erkanlar. Usmonga: «Siz jamoat imomidirsiz, boshingizga nechuk ishlar
tushdi, ko‘rib turibsiz. Bizga ersa fitnachi kishilar imom bo‘lib olmishlar,
biz ularga iqtido
qilib, gunohkor bo‘lmakdan qo‘rqadirmiz»,— dedi. Shunda Usmon: «Namoz odamlar
qilayotgan ishlarning eng yaxshisidir. Agar kishilar xayrlik ish qilayotgan bo‘lsalar, sen
ham ularning xayrlik ishlariga bosh qo‘shg‘il, agar yomon ishga qo‘l urgan bo‘lsalar,
ularning yomonligidan chetlang‘il!»—dedilar. Zuhriy: «Juda zarur bo‘lmasa, xotinchalish
(xunasa) odamga iqtido qilinmaydir»,— deydilar.
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Zarrga: «Agar
boshi mayizdek
qop-qora habash imom ersa ham, unga quloq solg‘il va itoat etg‘il!»—
degan ekanlar».
Dostları ilə paylaş: