143-bob. Tashahhudda o‘tirishning sunnati (qonun-qoidasi) Ummu Dardo’ namozda erkak kishi singari o‘tirar erdi. U fiqh olimasi erdi.
Abdulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umarning chordana qurib
tashahhudda o‘tirganlarini ko‘rdim. Yoshlik qilib men ham shunday qildim. Shunda
Abdulloh ibn Umar menga: «Bunday qilmag‘il, namozning sunnatiga ko‘ra, o‘ng
oyog‘ingni tiklab, chap oyog‘ingni bukib o‘tirmog‘ing lozim»,— dedilar. Men: «Siz
chordana qurib o‘tiribsiz-ku!» — dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydir»,— dedilar».
Muhammad ibn Amr ibn Ato rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning bir jamoa sahobalari birlan birga o‘tirgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini esladik. Shunda Abu Humayd As-So’idiy:
«Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini
hammangizdan ko‘ra ko‘proq bilurmen. Janob Rasululloh takbiri tahrima aytganlarida
qo‘llarini yelka barobarida ko‘tardilar, ruku’ga borganlarida tizzalarini ushladilar, keyin
qomatlarini rostladilar. Ruku’dan bosh ko‘targanlarida umurtqalarining har bir bo‘g‘ini
joy-joyiga kelguncha qadlarini rostladilar. Keyin, bilaklarini yerga tekkizmay va
biqinlariga siqib olmay hamda oyoq panjalarining uchlarini qiblaga qaratib sajda qildilar.
Ikkinchi rak’atda o‘ng oyoqlarini tiklab, chap oyoqlarining ustiga o‘tirdilar. Oxirgi
rak’atda ersa chap oyoqlarini oldinroqqa uzatib, o‘ng oyoqlarini tiklab, dumbalarini yerga
qo‘yib o‘tirdilar».
144-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirish farz ermas Chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib
ketganlarida (sahobalar tasbih aytib eslatishganda) qaytib o‘tirmadilar.
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga Abdurrahmon ibn Hurmuz Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning ular birlan peshin namozini o‘qiganlarini aytdi. Janob
Rasululloh ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketibdilar, odamlar ham u kishi
birlan birga o‘rinlaridan turishibdi. Namoz tugagach, odamlar payg‘ambarimizning salom
bermoqlarini kutishibdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa o‘tirgan
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
165
hollarida salom bermasdan takbir aytib, ikki marta sajda (sajdai sahv) qilibdilar, so‘ng
salom beribdilar».