Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qachon bolalarga g‘usl va tahorat vojib bo‘ladir? Qachon ular jamoat



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

159-bob. Qachon bolalarga g‘usl va tahorat vojib bo‘ladir? Qachon ular jamoat 
yig‘inlari, hayitlar va janozalarda qatnashadirlar, kattalar safida turib namoz 
o‘qiydirlar? 
Sha’biy quyidagi hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga tashlandiq 
bolaning qabriga borib janoza o‘qigan kishidan eshitibdir: «Janob Rasululloh janozada 
imomlik qildilar. Odamlar Janob Rasulullohga iqtido qilishdi (yosh bolalar ham 
qatnashishdi). Sulaymon mendan: «Bu hadisni kim aytib bergan erdi?»—deb so‘radi. 
Men: «Ibn Abbos»,— dedim». 
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a 
ko‘ni g‘usl qilmoqlik har bir balog‘atga yetgan insonga vojibdir»,— deganlar». 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Xolam Maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam ham uyquga yotdilar. Kechaning bir qismi o‘tgach, Janob 
Rasululloh turib devorga osig‘liq meshchani oldilar, so‘ng yengil-elpi tahorat olib namoz 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
o‘qiy boshladilar. Men ham ul kishi, singari tahorat olib, chap tomonlariga kelib turgan 
erdim, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. So‘ng, Olloh xohlagancha namoz o‘qidilar, 
keyin yonboshladilar, hatto pishillaganlari ham eshitildi. Bir ozdan keyin muazzin kelib 
namozga chaqirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayta tahorat olmay 
muazzin birlan birga namozga chiqib ketdilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uxlaydi-yu, qalblari uxlamaydir»,— deydi. Amr: 
«Payg‘ambarlarning ko‘rgan tushlari Ollohning ularga yuborgan vahiyidir»,— deb, «Men 
tushimda ko‘rsam, seni Olloh yo‘lida qurbon qilayotgan erkanman» degan oyati karimani 
o‘qidi». 
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Katta buvim Mulayka taom tayyorlab, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamni mehmonga chaqirdilar. Rasululloh taomni yeb bo‘lgach: 
«Turingiz, birga namoz o‘qiymiz»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan 
bo‘yramizga suv sepdim, so‘ng Rasululloh namozni boshladilar. Men birlan bir yetim bola 
orqalarida safga turdik, buvim bo‘lsalar, bizning orqamizda turdilar. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam 2 rak’at namoz o‘qidilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir urg‘ochi eshak minib Minoga keldim. 
Balog‘atga yetib qolgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda sutrasiz 
(qibla tomonni to‘smay) odamlar birlan namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ba’zi bir saflarni 
oralab o‘tdimda, eshakdan tushib, uni o‘tlagani qo‘yib yubordim, keyin safga kelib 
turdim. Bu qilmishim uchun menga hech kim tanbeh bermadi». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga 
kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Yosh bolalar, xotinlar uxlab qoldilar»,— deb ovoz 
qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Darhaqiqat, Yer yuzidagi aholining 
birortasi ham hozir xufton o‘qiyotgani yo‘q»,— dedilar. Usha kunlarda Madina ahlidan 
boshqa hech kim namoz o‘qimas erdi». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir kishi: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga hayit namozida qatnashganmisiz?»,— dedi. Men: «Ha, 
qatnashganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqinligim bo‘lmaganda, 
yoshim qichikligi sababli qatnasha olmagan bo‘lar erdim»,— dedim-da, quyidagilarni 
hikoya qilib berdim: «Janob Rasululloh Kusayr ibn Salt hovlisi yonida menga tug‘ni 
tutqizdilar, so‘ng avval erkaklarga, keyin ayollarga va’z aytdilar, oxiratni eslatib, sadaqa 
qilmoqqa buyurdilar. Ayollar uzuk va sirg‘alarini olib Bilolning etagiga tashlay 
boshladilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abdulloh va Bilol 
uylariga ketdilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin