Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
185
47-bob. Namozi bomdodni tong otmasdan barvaqtroq o‘qimoq; hujum va urush
oldidan namoz o‘qib olmoq
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xaybarni ishgol
qilish oldidan) g‘ira-shira paytda namozi bomdodni o‘qib oldilar. So‘ng, otga minib yo‘lga
tushdilar. Xaybar ko‘ringan vaqtda: «Ollohu akbar, Xaybar xarob bo‘ldi,
biz biror
qavmning yeriga kelib to‘shsak, ularning holiga voydir!» -dedilar. Xaybar ahli shoshib
ko‘chalarga chiqishdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib: «Muhammad
katta
qo‘shin birlan kelibdir»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam ularning
qarshilik ko‘rsatganlarini o‘ldirib, qolganlarini asir .oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam asira Safiyyani Dixya al-Kalbiyga berdilar, lekin sahobalar
tavsiyasi birlan shu
zahoti Dixyani rozi qilib, uni qaytarib oldilar. Keyin, uni ozod etib, (unga) uylandilar.
Abdulaziz Sobitga: «Siz mahriga ne berganlarini Anasdan so‘radingizmi?»
- deganda,
mahriga ozodlik berganlar»,- deb kulib qo‘ydi».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Dostları ilə paylaş: