Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
187
Siddiq: «Shaytonning surnaylari (kelib-kelib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
uylarida chaling‘aydirmi?» - deb koyidilar. Bu voqea hayit kuni bo‘lgan erdi, O’shanda
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Bakr, har bir qavmning o‘z bayrami
bordir, bu kun bizning bayramimiz!» -degandilar».
4-bob. Ramazon hayiti kuni hayit namoziga chiqishdan oldin ovqatlanmoq
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha
xurmo yeb olmasdan hayit namoziga chiqmas erdilar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasulullox. sallallohu alayhi va sallam xurmoni
toqlab (1, 3, 5) yer erdilar».
5-bob. Qurbon hayiti kuni hayit namozidan so‘ng ovqatlanmoq
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki
Hayit namozidan
avval qurbonlik qilgan ersa, qayta qurbonlik qilsin!» - dedilar. Shunda
bir kishi: «Bu kun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kun!» deb qo‘shnilari to‘g‘risida
gapirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning o‘z qo‘shnilari to‘g‘risidagi so‘zini
ma’qullagandek bo‘ldilar. Keyin, boyagi kishi: «Menda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir
echki bordir, u myonga ikkita qo‘ydan ham afzaldir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam o‘sha echkini qurbonlik qilmoqqa ruxsat berdilar. Echkini qurbonlik qilmakka
faqat o‘sha kishiga ruxsat berdilarmi yokim hammagami, bilmayman».
Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam qurbon hayiti
kuni hayit namozidan so‘ng xutba ayta turib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik
qilgaydir, qurbonligi qabul bo‘lg‘aydir, ammo kimki hayit namozidan avval qurbonlik
qilg‘aydir, hisobga o‘tmag‘aydir»,- dedilar, Abu Burda ibn Nayyor (Barroning tog‘asi):
«Men qo‘yimni hayit namozidan ilgari so‘ydim. Bugun yeb~ichadirgan kun erkanligini
bilganim uchun, qo‘yimni qurbonlik qilinadirgan qo‘ylar ichida birinchi bo‘lsin, deb
uyimda so‘ymoqni afzal ko‘rdim, shul sababdan qurbonlik qo‘yimni
hayit namoziga
kelishdan avval so‘yib, go‘shtidan pishirib, ovqatlanib keldim»,- dedi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘ying qurbonlik ermas, go‘shtga so‘yilgan qo‘y bulibdir»,-
dedilar. Ibn Nayyor: «Yo
Rasululloh, bizda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir echki bordir,
u menga ikkita qo‘ydan ham afzalroqdir, o‘shani qurbonlik qilsam, kifoya qilg‘aydirmi?» -
dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, senga kifoya qilg‘aydir.
Sendan boshqa
hech kimga ikki yashar bo‘lay deb qolgan echki qurbonlikka o‘tmag‘aydir»,-dedilar (Ikki
yoshga to‘lgan echki qurbonlikka yaraydir, lekin ikki yoshga to‘lmagani 1-yaramaydir)».
Dostları ilə paylaş: