Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
206
narsani bilganingizda erdi, ko‘proq yig‘lab, kamroq kular erdingiz!» - deb qo‘shib
qo‘ydilar».
3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qish uchun odamlarni
namozga chaqirmoq
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida
Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qimoq uchun odamlar chaqirildi»,
4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmog'i
Oisha onamiz va ularning opalari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh
tutilganda odamlarga xutba aytdilar»,- deyishadi.
Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam hayot davrlarida Quyosh tutildi. Buni ko‘rib masjidga chiqdilar.
Odamlar
Janob Rasulullohning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh takbiri tahrima aytib namozni
boshladilar. So‘ng, uzoq qiroat qildilar, keyin takbir aytib ruku’ qildilar, ruku’da uzoq
turdilar. So‘ng, «Sami’allohu liman hamidahu» deb ruku’dan turdilar. Sajdaga
bormasdan avval oldingiga nisbatan qisqaroq qiroat qildilar. So‘ng, takbir aytib ruku’
qildilar, ruku’da avvalgiga ko‘ra
kamroq turdilar, keyin «Sami’allohu liman hamidahu,
rabbano va laka-l-hamd» deb sajda qildilar. So‘ng, ikkinchi rak’atda ham shundoq
qildilar. Undan keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘rt ruku’ va to‘rt
sajda qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar. Quyosh tutilib bo‘lganda hali namoz tugamagan
erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, o‘rinlaridan
turib
Ollohga munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini
isbotlovchi ikkita dalildyr. Ular biror kishining o‘lgani yokim tug‘ilgani uchun
tutilmag‘aydir. Agar (kim) ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!» - dedilar».
Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qilib bergan mazkur hadisga
monand boshqa bir hadisni Abbos ham hikoya qilib bergan erkanlar: «Zuhriy raziyallohu
anhu: «Akang - Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda
Madinada namozi bomdodga
o‘xshash ikki rak’at namoz o‘qidi, ortiqcha hech narsa o‘qimadi-ku!»-deganlarida, Urva:
«Ha, to‘g‘ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb aytgan erkan».
Dostları ilə paylaş: