Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Rasululloh «zarari yo‘q» ma’nosida qo‘llari bilan ishora qildilar. Birov so‘radi: «Qurbonlik
qo‘yni so‘ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo‘q» deb qo‘llari
bilan
ishora qildilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo‘qoladi, nodonlik
kuchayadi, fitnalar sodir bo‘ladi, harj ko‘payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»—
deb so‘radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma’noda qo‘llarini bo‘g‘izlari
ustidan
yurgizdilar.
Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o‘qiyotgan
ekan. Odamlarga nima bo‘ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda
namoz o‘qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «Ha»,—
deb boshini
qimirlatib qo‘ydi. Men ham ko‘zim tinib ketguncha namoz o‘qidim, so‘ng (o‘zimga
kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko‘rmagan narsam qolmadi,
illo mana shu tik turgan
joyimda hamma narsani, hatto jannat va do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga: «Sizlar
qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o‘xshash bir sinovdan o‘tasizlar»,—
degan
vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so‘raladi. So‘roq qilinayotgan
odam chin iymonli bo‘lsa, «Bu kishi Muhammad
sollallohu alayhi va sallam, bizga
Allohning
hidoyatini olib kelgandir, mo‘‘jizalar ko‘rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,—
deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan
yaxshiliklaring rohatini ko‘rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi.
Ammo so‘roq berguvchi munofiq bo‘lsa, «Bilmayman,
odamlardan nimadir eshituvdim,
shuni aytdim-da (ya’ni, bu kishi payg‘ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi».
Dostları ilə paylaş: