Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kun oggandan keyin safarga chiqadirgan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

16-bob. Kun oggandan keyin safarga chiqadirgan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin 
yo‘lga chiqadir 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
kun og‘masdan ilgari yo‘lga chiqsalar, peshinni asrgacha kechiktirib, keyin ulovdan 
tushar erdilar, ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Agar kun og‘gandan keyin safarga 
chiqadigan bo‘lsalar, peshinni o‘qib keyin yo‘lga chiqar erdilar». 
17-bob. O’tirib o‘qiydirgan namoz 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib 
qolganlarida uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Odamlar ersa, tikka turgan holda iqtido 
qilishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga: «O’tirib o‘qingiz!» - deb 
ishora qildilar. Namoz tugagach: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar 
ul ruku’ qilg‘aydir, sizlar ham ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, sizlar ham bosh 
ko‘taringiz!»-dedilar». 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan 
yiqilib, o‘ng oyoqlari shilindi. Shunda ul kishini ko‘rgani kirdik, bir ozdan keyin namoz 
vaqti bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik. Namozdan keyin 
bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Imom takbir aytsa, takbir 
aytingiz, ruku’ qilsa, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘tarsa, bosh ko‘taringiz. Agar 
«Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» - 
dedilar». 
Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor erdi. Janob 
Rasulullohdan o‘tirgan holda namoz o‘qimoq haqida so‘radim. Shunda bunday dedilar: 
«Tik turib o‘qigan namoz o‘tirib o‘qigan namozdan afzalroqdir, chunkim o‘tirib namoz 
o‘qigan kishiga, tik turib namoz o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisi tekkaydir. 
Kimki yonboshlab o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisini 
olg‘aydir». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin