www.ziyouz.com kutubxonasi
221
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
KECHASI TAHAJJUD O’QIMOQ VA OLLOH TAOLONING «O’ZINGGA QO’SHIMCHA VAZIFA (NAFL) TARIQASIDA KECHASI TAHAJJUD O’QIG’IL!» DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
kechasi tahajjudda quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Ollohumma laka-l-hamdu, anta
qayyimu-s-samavoti va-l-arzi va man fiyhinna, va la-ka-l-hamdu, laka mulku-s-
samavoti va-l-arzi va man fiyhin-na, va laka-l-hamdu, nuru-s-samavoti va-l-arzi, va la-
ka-l-hamdu, anta maliku-s-samavoti va-l-arzi, va la-ka-l-hamdu, anta-l-haqqu va
va’duka-l-haqqu va liqouka haqqun va qavluka haqqun va-l-jannatu haqqun va-n-noru
haqqun va-n-nabiyyuuna haqqun va Muhammadun sallallohu alayhi va sallam haqqun
va-s-so’atu haqqun, Ollohumma laka aslamtu va bika omantu va alayka tavakkaltu va
ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hokamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu
va mo asrartuva mo a’lantu, anta-l-muqaddamo‘ va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta
av lo iloha g‘ayruka». Sufyon raziyallohu anhu: «Abd ul-Kariym Abu Umayya yuqoridagi
duoga «Va lo havla va lo quvvata illo bi-l-loh» ni qo‘shimcha qilgan»,- deydilar.
Duoning tarjimasi: «Ilohi, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va
undagi borliqning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga
xosdir! Sen yeru osmonlar va undagi barcha narsalarning egasidirsen, jamiki maqtovlar
senga xosdir! Yeru osmonlar yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen
haqdirsen va va’dang ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir. So‘zing haqdir,
jannat ham haq, do‘zax haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad sallallohu
alayhi va sallam ham haq va qiyomat ham haqdir. Ilohi, senga bo‘yinsundim va senga
iymon keltirdim hamda o‘zingga tavakkal qildim, dildan senga tavba qildim, seni deb
(dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi
gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu
yagonadirsan, sendan boshqa iloh yo‘qdir!».