Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
236
Shunda Bilol Abu Bakrning oldiga kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib
qoldilar, siz o‘rnilariga imomlik qilmag‘aymisiz?»— dedi. Abu Bakr: «Mayli, agar
istasangiz»,— deb rrzi bo‘ldilar. Keyin, Bilol azon aytdi.
Abu Bakr ersa, mehrobga o‘tib
namoz boshladilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar-da, odamlarni
oralab o‘tib, birinchi safga turdilar. Odamlar (Abu Bakrga Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam kelganlarini bildirmoq uchun) chapak chala boshladilar. Abu Bakr shunda ham
sezmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chalganlaridan keyingina atrofga alanglab
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning birinchi safda turganlarini ko‘rib qoldilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «O’rningda turavyorg‘il!» deb ishora qildilar.
Shunda Abu Bakr qo‘llarini ko‘tarib
Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, namozni davom ettirdilar».
Dostları ilə paylaş: