Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
240
Abu Bakr. Bilol azon aytdilar, Abu Bakr Siddiq ersa, mehrobga o‘tib takbiri tahrima
aytdilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib birinchi safga turdilar.
Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chala boshlashdi. Abu'Bakr
shunda
ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq qarsak chalishgandan keyingina atrofga alanglab
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib qoldilar. Janob Rasululloh ul kishiga
«Namozni davom ettiraverg‘il» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar.
Abu Bakr
qo‘llarini tepaga ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam ul kishining birinchi safga kelib turganlarini ko‘rib oldinga o‘tib
imomlik qildilar.
Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga
qarab: «Ey, odamlar, sizlarga ne bo‘ldi o‘zi? Xuddi bir narsa bo‘lgandek namozda qarsak
chaldingiz. Qarsak
chalmoq xotinlarning ishidir, namoz vaqtida biror kishiga bir nima
bo‘lib qolsa, (imomni ogohlantirmoq uchun) «Subhonalloh» desin!»-dedilar. So‘ng, Abu
Bakrga: «Ey Abu Bakr, namozni davom ettiraveringiz»
deb ishora qilganimda, nega
joyingizda qolavermadingiz?» - dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning oldilariga o‘tib, namoz o‘qimog‘im o‘rinli emasdir»,- deb javob qildilar».
Dostları ilə paylaş: