Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini
sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh
urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan,
bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga
ham bu yerda kunduzi bir
soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi.
Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!»
Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh,
men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni
qutultirmaydi, o‘g‘rini
ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada
Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb
hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi».
Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab,
Rasululloh
bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni
talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga
yetkazsinlar!»
Dostları ilə paylaş: